2.4. Kadrlar siyosatini shakllantirish yo‘llari Kadrlar siyosati tashkilotning tegishli rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Amalda kadrlar siyosati tashkiliy, iqtisodiy, ma’muriy-huquqiy, ijtimoiy-
psixologik tadbirlar, rejalar, kadrlar dasturi, mavzuli dasturlar (personalni baholash,
firmada ta’lim, personal mehnat faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish,
murabbiylik va yosh mutaxassislarni ijtimoiy moslaShuvi, xodimlar mehnat
sharoitlarini maqbullashtirish va hokazo), me’yor, usul va qoidalar, personal-
texnologiyalar, xodimlarni boshqarishning turli usullari va personal monitoringi tizimi
orqali amalga oshiriladi.
6
Turli darajadagi rahbarlarning, ular tomonidan bo‘ysunuvchilar bilan mehnat
munosabatlari jarayonida qo‘llanuvchi iqtisodiy, ma’muriy va hokazo vakolatlari
kadrlar siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
Kadrlar siyosatida amalga oshiriladigan tadbirlarning samaradorligini aniqlash
maqsadida ularning monitoringini amalga oshirish kerak. Ichki va tashqi omillar
o‘zgarganda tashkilot rahbari tashkilotda inqiroz holatining oldini olish uchun tegishli
rahbarlar oldiga inqirozga qarshi kadrlar dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha vazifani
o‘z vaqtida qo‘yishi shart. Ular kadrlar siyosatini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatni
ta’minlash uchun kutilayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va
inqiroz hodisalarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini o‘z ichiga oluvchi
alohida vaziyatli rejalarini ishlab chiqishi zarur.
1-amaliy topshiriq Bir nechta tashkilotlarning kadrlar siyosati xususiyatlarini tahlil qiling (quyida
kadrlar siyosatini shakllantiruvchi bir qator xujjatlar keltirilgan). Kadrlar siyosati
to‘g‘risidagi xujjatlar tuzilishiga, ularning amal qilish muddatlariga, muhim
yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni hal qilish usullariga e’tibor bering.
6
Шекшня С. В. Управление персоналом современной организации. – М.: ЗАО «Бизнес-школа «Интел-Синтез»»,
2007. – 336 с.