79
intizomiga so‘zsiz rioya etishi, rahbarlari tomonidan berilgan farmoyishlar va mehnat
topshiriqlarini so‘zsiz bajarishi natijasidir.
Xodimlar o‘z vazifalarini nizomda ko‘rsatilgan qoidalarga rioya etgan xolda
sitqidildan bajarsalar, nizomda ko‘rsatilgan qoidalar asosida rahbarlar ham o‘z
ishlariga mas’uliyat bilan yondashsalar va qabul qilingan qarorlar natijalari nazorat
qilinsagina, kompaniya faoliyatini birgalikda tashkillashtirish samarasini ko‘rish
mumkin.
Ishlab chiqarish qoidalari kompaniya faoliyatini olib borishning ichki tartib
qoidalari va axloqiy standartlari orqali boshqariladi. Xulqi, majburiyatlari, huquq va
vazifalari esa Kodeks orqali belgilanadi.
Agar tashkiliy tartib kompaniyaning asosiy faoliyatini belgilab bersa, xodimlar
tomonidan yo‘l qo‘yilgan xar qanday xato ham tegishli jazo, iqtisodiy va ma’muriy
chora, hattoki xodimning ishdan olinishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: