В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

 
 «Shodlik»
kompaniyasi kadrlar siyosatining asosiy qoidalari
Umumiy qoidalar 
Kadrlar siyosati personalni boshqarishning uzoq muddatli strategiyasi, uning 
asosiy maqsadi kompaniyaning kerakli sifat va miqdordagi mehnat resurslariga 
ehtiyojini to‘liq va zamonaviy shakllarda qondirishdan iborat.
2019- yil uchun kadrlar siyosatining asosiy vazifalari:
- kompaniyadagi asosiy tarkibiy bo‘linmalardagi kadrlar sonini optimallashtirish 
va barqarorligini ta’minlash;
- kompaniya xodimlarini rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish;
- mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash;
- ta’lim tizimini yaratish va rivojlantirish hamda rahbar xodim va 
mutaxassislarning malakasini oshirish;

kompaniya 
faoliyatida 
korporativ 
madaniyatni 
shakllantirish 
va 


77 
mustahkamlash.
Kadrlar siyosatini amalga oshirish va xodimlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal 
qilish usullari, kompaniyaning kadrlar tarkibini takomillashtirishdan iborat.
7
 
Bu ichki tartibda xodimlarning xizmat vazifalarini almashtirish, kompaniya ichki 
tartib-qoidalari asosida xodimlar ish joylarini o‘zgartirish, xizmat mansabiga ega 
xodimlarga qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan ishchi-xodimlarni o‘z 
lavozimidan ozod qilish. 
Xodimlar oldiga qo‘yilgan vazifalarning sifatli va mohirona bajarilishi davriy 
olib boriladigan attestatsiya orqali tekshirib boriladi. 
Mahoratlilik prinsipi va xususiy kompetensiyasi ko‘p tamoyilli tanlov asosida 
aniqlanadi. 
Mahoratlilik vakolatini baholash xodimning bevosita boshlig‘i (birinchi 
bosqich) va bo‘lim boshlig‘i (tarkibiy qism) (ikkinchi bosqich) orqali amalga 
oshiriladi.
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i nomzodning shaxsiy va ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlarini aniqlab, baholaydi va xodimning bu xususiyatlarga qo‘yilgan 
talablarga loyiqligi hamda kompaniyaning korporativ madaniyatiga to‘g‘ri kelishi 
haqidagi ma’lumot yuqori bo‘g‘in rahbarlariga yetkaziladi. 
Kadrlar tarkibini maqbullashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- bo‘linmalar tarkibi funksional vazifalar va bajariladigan ish hajmi asosida 
kerakli va yetarli miqdorda aniqlanadi;
bo‘sh lavozimlar uchun va nomzodning mahorat layoqatiga loyiqligi va 
shaxsiy psixologik hamda ijtimoiy fazilatlariga asosan tanlov e’lon qilinadi.
Xodimlarni tanlashning boshqa tamoyillari (kompaniya bo‘limi rahbari bilan 
tanishuv, oilaviy aloqalar, do‘stona munosabatlar, shaxsiy sadoqat va h. k.) odatda 
7
Шекшня С. В. Управление персоналом современной организации. – М.: ЗАО «Бизнес-школа «Интел-Синтез»», 
2007. – 336 с. 


78 
ruxsat berilmaydi. Izlash, tanlash va yangi xodimlar qabul qilish tartibi ichki 
normativ-huquqiy hujjat yordamida tartibga solinadi. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin