В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Direktor o‘rinbosari imzo



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Direktor o‘rinbosari imzo
3-amaliy mashg‘ulot 
O‘zbekiston bo‘ylab filiallar tarmog‘iga ega yirik nodavlat ishlab chiqarish 
kompaniyasi 20 yildan buyon o‘z faoliyatini olib boradi. So‘nggi uch yil davomida 
korxonaning kadrlar sohasida ayrim muammolar yuzaga keldi: xodimlar qo‘nimsizligi 
biroz ko‘paydi, xodimlarning korxonaga sadoqati pasayib ketdi, yuqori darajadagi 
rahbar va mutaxassislar munosib ish haqiga ega bo‘lishiga qaramay, kompaniyani tark 
etdilar. Yuqori malakali kadrlar orasida raqobatbardosh ustunlik yo‘qolishi xavfi 
mavjud edi. Bu boshqaruv kengashini bezovta qildi, majlisda bosh direktor 
o‘rinbosari va bosh texnologning Shu mavzudagi ma’ruzalari eshitildi. Rasmiy nuqtai 
nazardan, hamma narsa tartibli olib borilayotgandek edi: davlat mehnat 
inspeksiyasining tekshiruvlari korxonada mehnat qonunlari qo‘pol ravishda 
buzilishini aks ettirgani yo‘q, xodimlarning malakaga doir vakolati haqida Shubha 
yo‘qligi va hatto kompaniyaning kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat mukammal ishlab 
chiqilganligini qayd etdi. Biroq direktor o‘rinbosari tomonidan o‘z vaqtida ishlab 
chiqilgan va jamoa majlisida o‘z tasdig‘ini olgan hamda amalga oshirilgan kadrlar 
siyosati bir qator muhim kamchiliklarga ega bo‘lganligi ham aniqlandi: asosiysi 


89 
kadrlar siyosati korxona biznes strategiyasiga bog‘liq emas edi. 
Kadrlar siyosatini ishlab chiqishda direktorlar kengashi, o‘rta bo‘g‘in 
boshqaruvchilari jalb qilinmagan, bosh korxonada yoki uning filiallarida xodimlarni 
boshqarish samaradorligi monitoring qilinmagan. Munozara yakunlari bo‘yicha 
yetakchi kengash, direktorlar kengashi va shaxsan bosh direktor ko‘p hollarda 
vaziyat uchun aybdor bo‘lib, kadrlar siyosati va kadrlar strategiyasini ishlab chiqishda 
ishtirok etishdan chetda qolgan deb paradoksal (ziddiyatli) xulosaga kelishdi. Shu 
sababdan korxonaning kadrlar siyosati bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risida 
qaror qabul qilindi.
Direktor o‘rinbosari barcha rahbarlarni jalb etish uchun o‘zaro aloqa 
mexanizmini ishlab chiqish, korxonaning biznes strategiyasidan kelib chiqib, uning 
muhim tarkibiy qismiga aylanib boruvchi kadrlar siyosatining yangi loyihasini ishlab 
chiqish jarayonini taklif etdi. U keyinchalik kadrlar siyosatini monitoring qilish 
natijalari va kadrlar boshqaruvi tizimining samaradorligini muntazam baholash 
asosida ehtimoliy tuzatishlar bo‘yicha taklif va tashabbuslarning muvofiqlashtiruvchi 
mutaxassisi bo‘lishi kerak, degan taklifni kiritdi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib 
quyidagi muammolarga e’tiboringizni qaratamiz va savollarga javob tayyorlash 
borasida bu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topamiz.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin