94
rejalashtirish, ishlab chiqish va takomillashtirishsiz amalga oshirishi mumkin emas.
Xodimlarni rejalashtirish, yaqin kelajakda tashkiliy
reja va dasturlarni ishlab
chiqishda amalga oshiriladi, bu esa xorijiy tashkilotda ishlab chiqarish vazifalarini
bajarilishini ta’minlaydi. Xodimlarni rejalashtirish
kompaniyadagi maxsus xizmat
vazifasi hisoblanadi. Odatda statistika ma’lumotlarini to‘plash, xodimlarning holatini
tahlil qilish, xodimlarning reja loyihalarini ishlab chiqish va uni tasdiqlash bo‘yicha
qaror qabul qilishda ishtirok etishni rejalashtirish bo‘limlari tashkil etiladi.
Umuman kadrlar bo‘linmalari xodimlar harakati, lavozimi,
xodimlarning
aylanishi va kompaniyada yangi bo‘sh lavozimlarning paydo bo‘lishini taxmin qilish
uchun mo‘ljallangan.
Inson
resurslarining
miqdor
va
malakaviy
sifat
ko‘rsatkichlarini
rejalashtirishning samarali muhim sharti hisoblanib, kadrlar bo‘limining vazifasiga
kirib, xodimlarni rejalashtirish kompaniyaning texnik rivojlanishiga samarali ta’sir
ko‘rsatadi va texnologik omillar ham o‘z
navbatida, xodimlarni rejalashtirish
mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xodimlarni rejalashtirish jarayonidagi muhim element – kompaniya
xodimlarining vazifalarini aniq belgilash va u quyidagilardan iborat:
lavozimning nomi va vazifalarini aniq ko‘rsatish;
ushbu lavozimni kompaniyaning boshqaruv tarkibiga moslashtirish va
muvofiqlashtirish;
ma’muriy bo‘ysunish pog‘onasi va darajasi;
rasmiy vazifalardan foydalanishning asosiy maqsadi;
eng yaqin lavozim va uning vakolatlari;
ushbu lavozimni almashtirish yo‘llari va hokazo boshqaruv lavozimlari;
ushbu lavozimni egallagan xodimni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirish
tadbirlari.
Inson resurslarini ushbu turdagi rejalashtirish, xodimga faqat iqtisodiy
yondashuvga asoslanadi, uning mohiyati quyidagilardir:
95
- kompaniya xodimidan ishga joylashish uchun sarflanuvchi xarajatlar;
- ishga qabul qilish;
- o‘qitish, qayta o‘qitish;
- munosib mehnat sharoitlarini yaratishga sarflanuvchi xarajatlar;
- uzoq muddatli foyda keltirishiga qaratilgan tadbirlar.
Kadrlarni rejalashtirish sohasida yakuniy
qarorlar qabul qilish uchun
javobgarlik kompaniyani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, u xodimlarni rejalashtirishni
ishlab chiqarish qarorlari majmuasiga integratsiyalashishga qaratilgan. Qoida
tariqasida korxona rahbarlari eng muhim maqsadlarni belgilab olishlari va qanday
tadbirlarni amalga oshirish kerakligini aniqlashlari kerak. Kadrlar ishini rejalashtirish,
kompaniyaning to‘liq boshqarilishining
muhim qismidir, Shuningdek, xodimlarning
kasbiy va malakali tuzilmasida o‘zgarishlarni kuzatishni o‘z
ichiga oladi va ishchi
kuchi rivojlanishining tendensiyalarini aniqlash va uning uchun sifatli va miqdoriy
talablarni belgilash uchun mo‘ljallangan. Bu inson resurslari samaradorligini sezilarli
darajada yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: