В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Xodimlarni saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

 
3.3.Xodimlarni saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish 
Kadrlarni saralash, tanlash va
 
ishga rasmiylashtirish kadrlar siyosati sohasidagi 
asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi. Ushbu jarayonni amalga oshirish samaradorligi har 
qanday kompaniyaning ishlashiga bog‘liq bo‘lib, bunda boshqaruv jiddiy ahamiyat 
kasb etadi. 
Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha xizmatlarning markaziy o‘rinlaridan biri xususiy 
kompaniyalarning 
quyi 
va 
o‘rta 
darajadagi 
rahbarlarini 
tanlashdir. 
Germaniyadagi firma va korporatsiyalarda yuqori malakali kadrlar korpusining 
shakllanishi juda muhimdir. Ko‘pchilik menejerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri firmalarda o‘sib 
boradi va doimo boshqaruvning barcha darajalarini egallaydi.
Yetakchi kadrlarni tanlashning asosiy qoidasi, o‘z navbatida, tanlab olishdir, bu 


96 
ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etishning samarali shartidir. Vakolatli 
kompaniyalar ma’lum bir ishni bajarish uchun talablarni to‘g‘ri oldindan tahlil qilish 
asosida nomzodlarni tanlaydi. Lavozimga nomzodlar taklif qilinayotgan ishning 
batafsil tavsifi bilan o‘zlari tanlab olishni ta’minlaydilar. 
Personalni boshqarish xizmati bo‘sh ish joylarini aniqlagandan so‘ng bevosita 
ishga qabul qilish jarayoniga kirishadi. Bu ham bir necha bosqichdan iboratdir. 
1. Ishlab chiqarish yoki boshqaruv faoliyatining u yoki bu funksiyalarini 
bajarishga qodir nomzodlarni aniqlash. 
2. Xodimni xizmat yoki kasbiy vazifasiga muvofiq ishga yollash (qabul qilish) 
tartibi. 
3. Xodimni ishdan bo‘shatish tartibi, sabablari va shartlari. 
4. Ishdan bo‘shatilganlar va ishsizlarning davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi va ijtimoiy himoya bilan ta’minlanishi. 
1-rasm. Ishga qabul qilish jarayoni
Rahbariyat lavozimiga nomzodlarni tanlashda kompaniya xodimlari orasidan 
ba’zilari seminar-treningga taklif etiladi. Kompaniyaning mavjud mutaxassis 
Korxonaning xodimga ehtiyoji 
Ishga yollash 
Nomzodlarni tanlash 
Nomzodlarni 
saralash talablari 
Ishga qabul qilish 


97 
maslahatchilari nomzodlarni ushbu vazifani hal qilishda yoki ular taklif etgan 
masalani muhokama qilayotganda baholaydilar. Nomzodlar bilimini aniqlash uchun 
testdan ham o‘tadilar. Odatda, har bir firma o‘z tanlov mezonlari va xodimlarni ishga 
yollash tartibini rivojlantirib boradi. Talab qilingan talablarga muvofiq nomzodlar 
kasbiy mahoratga, shaxsiy fazilatlariga ko‘ra baholanadi. 
Nomzodlarni tanlab olish vazifasining ahamiyati ularni baholash zaruratini 
yuzaga keltiradi. Nomzodni dalillar asosida baholash imkonini beruvchi maxsus 
standart dasturlari ishlab chiqilgan. 
Ishga yollash jarayoni personal xizmatining mehnat bozoridagi faoliyatini 
tashkil etishdan boshlab shtatga qabul qilingan xodimni xizmat vazifasiga 
ko‘niktirishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagichadir: 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin