В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

5.2. Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi 
Iqtisodiy fanlarda dinamik tizimlarni tasniflash nazariyasidan foydalanib
murakkab boshqaruv jarayonlarini asosli ravishda alohida-alohida elementlarga 
taqsimlab, ularni guruhlarga bo‘lib, tashkil etuvchi belgilarni ajratish imkonini beradi. 
Korxonaning boshqaruv funksiyalari – boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos turi, 
boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti va ixtisoslaShuvi mahsuli bo‘lib, o‘zida alohida 
belgi bo‘yicha ajralib turuvchi boshqaruv jarayonining bir qismini aks ettiradi. 
Boshqaruv elementlari (sifat, mehnat va maosh, fan-texnika taraqqiyoti, mehnatni 
muhofaza qilish) va ishlab chiqarish bo‘g‘inlari (mehnat, moddiy, texnik, moliyaviy 
va b.) resurslar predmeti umumiyligi bo‘yicha amalda tasniflash ko‘proq tarqalgan. 
Odatda korxonani boshqarish jarayonining 10 dan 25 tagacha funksiyalari farqlanadi. 


135 
Mehnatni tashkil qilishning asosiy vazifalari majmui – boshqaruv jarayonining 
asosiy funksiyalari belgisi (me’yorlash, rejalashtirish, hisob, nazorat, tahlil, tartibga 
solish) bo‘yicha ajratib ko‘rsatiluvchi boshqaruv funksiyasi qismidir. Vazifalar 
majmui muayyan funksiyaga tegishli bo‘lib, qoidaga ko‘ra, kichik funksional 
bo‘linma (bo‘lim, byuro, guruh) tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalar majmuini 
jamlaydi – masalan, korxona uchun personal tanlash jarayonini rejalashtirish. 
Vazifalar majmui soni korxona miqyosida 200 tani tashkil etadi. 
Bu borada boshqaruv vazifasi – tashkiliy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, 
personal tomonidan texnik vositalar yordamida amalga oshiriluvchi axborotni qayta 
ishlash operatsiyalari majmui bo‘lib, bu operatsiyalar bajarilishi natijasi boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish – masalan, korxona bo‘yicha yil davomida personalning 
ehtiyoji miqdori va turini hisoblash imkonini beradi.
Vazifa boshqaruv jarayonining asosiy elementi bo‘lgani uchun, uning amalga 
oshirilishi esa, qoidaga ko‘ra, boshqaruvning bir qancha xodimlarini o‘z jarayoniga 
qamrab oladi. Korxonada mehnatni tashkil etish, texnik va texnologik majmualarini 
boshqarish jarayonida bir necha mingta boshqaruv vazifalari hal etiladi. 
Boshqaruv operatsiyasi – texnik vositalarning muayyan to‘plami yordamida 
bitta xodim tomonidan bajariluvchi, axborotning shakli yoki mazmuni o‘zgarishiga 
qaratilgan mehnat harakatlarining majmui hisoblanadi. Bu jarayondagi boshqaruv 
operatsiyasi vazifaning mazmuniy qismini aniqlashtiradi va namunali chizma shaklida 
taqdim etilishi mumkin. 
Boshqaruv funksiyalarining matritsali taqsimlanishi.
Korxonani boshqarish 
amaliyotida korxona rahbariyati, funksional va o‘rta bo‘g‘in bo‘linmalari o‘rtasida 
boshqaruv funksiyalarini oqilona taqsimlash dolzarb vazifa sanaladi. 
Bir qator sanoat korxonalari boshqaruv tizimlarining tahlilida amaldagi 
boshqaruv funksiyalari taqsimlanishida rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan asosiy
xatolar: 
• bosh direktor zimmasiga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar va u qaror qabul 


136 
qiladigan funksiyalarning haddan ortiq yuklanishi; 
• bosh direktor, uning o‘rinbosarlari va bo‘limlar rahbarlari o‘rtasida boshqaruv 
funksiyalarining aniq hujjatlashtirilgan taqsimoti mavjud emasligi; 
• aksiyadorlik korxonalarida davlat boshqaruvining eski ma’muriy tizimiga xos 
kichik bo‘lim va xizmatlarning mavjudligi (fuqarolik mudofaasi, birinchi va ikkinchi 
bo‘limlar, mashina byurosi); 
• asosiy ishlab chiqarish jarayonida 500-1000 kishilik yirik sexlar bir qatorda 
ularga xizmat qiluvchi yordamchi ishlab chiqarishdagi 500 kishigacha xodimga ega, 
samarasi yo‘q sexlar-uchastkalar mavjudligi. 
• qaror qabul qiluvchi shaxs ayrim hollarda, o‘z funksiyasiga kirmagan 
boshqaruv operatsiyasini boshqa bo‘linmalar bilan aniq texnologik o‘zaro 
bog‘liqliksiz hal etishi; 
• ishlab chiqarish jarayonda texnologiyaning sifat talablari, xodimlarning 
mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari ustidan tezkor boshqaruv 
funksiyalarining taqsimlanishi va ularning bosh direktorning turli o‘rinbosarlari 
tomonidan har xil yo‘nalishda olib borilishi. 
Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishning eng sodda va aniq uslubi 
matritsali uslub sanaladi. Tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini 
taqsimlash matritsasi jadval ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning qatorlari ishlab chiqarish 
boshqaruvining aniq vazifalari, ustunlari – boshqaruv apparatining tuzilmaviy 
bo‘linmalari sanaladi. Ustunlar va satrlar kesiShuvida aniq vazifa bo‘yicha 
tuzilmaviy bo‘linma javob beradigan boshqaruvning asosiy operatsiyalari ko‘rsatiladi. 
Boshqaruv funksiyalarini taqsimlash martitsasi ularni korxona rahbariyati va 
boshqaruv apparati bo‘linmalari o‘rtasida aniq taqsimlash, boshqaruv operatsiyalari 
texnologik ketma-ketligini belgilash va muayyan rahbar yoki mutaxassisga 
operatsiyalarni aniq biriktirish imkonini beradi. 
Personalni boshqarish va uning sonini ma’lum bir davrda ish miqdorlari va 
maosh hamda xo‘jalik xarajatlarining hisob-kitobi uchun korxonaning shtat tuzilmasi 


137 
tasdiqlanishi kerak. Shuning uchun korxona shtat tuzilmasining iqtisodiy, tashkiliy va 
huquqiy vazifasi – xodimlarning miqdoriy kasbiy tarkibini, mehnatga haq to‘lash 
miqdori va xodimlar ish haqi fondini belgilaydi.
Korxonaning shtat tuzilmasi tarkibini korxona oldida turgan maqsad va 
vazifalarga mos xolda puxta va samarali ishlab chiqishga qadar quyidagi muhim 
hujjatlar tayyorlanishi zarur: 
• rejali muddatga korxonaning (oy, chorak, yil davriyligi) ish haqi fondi; 
• rejali davrga mo‘ljallangan ish miqdorini bajarish uchun yetarli miqdordagi 
personal sonining hisob-kitobi; 
• korxonaning shtat jadvali. 
Quyidagilar shtat tuzilmasini shakllantirish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar 
hisoblanadi: 
• ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar) ning rejali miqdori; 
• personal soni va ish haqi normativlari; 
• boshqaruv tashkiliy tuzilmasi shemasi; 
• namunaviy (haqiqiy) shtat jadvallari. 
Korxona ish haqi fondining hisob-kitobi ish haqi bo‘yicha xarajatlarni mutloq 
kattaliklarda ham, ish haqining mahsulot qiymatidagi nisbiy ulushi ko‘rinishida ham 
asoslash imkonini beradi.
Korxonaning shtat tuzilmasi iqtisodiy bo‘lim (moliya-reja bo‘limi) bilan kadrlar 
xizmati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilib, korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlanadi va korxona muhri qo‘yiladi. 
Tasdiqlangan korxona shtat tuzilmasining bir nushasi korxona rahbarida, 
ikkinchi nushasi kadrlar bo‘limida, uchinchi nushasi buxgalteriya xizmatida 
saqlanadi. 
Korxonaning shtat tuzilmasiga korxonaning ishlab chiqarish miqdori, yangi 
innovatsion texnologiyalar yuzasidan qo‘shimcha ishlab chiqarishlar yoki xizmatlar 
tatbiq qilinganda yil mobaynida bir necha bor o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 


138 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin