126
1.
Nomzodlarni rivojlantirish.
Bu rejalantirilgan tadbirlar – nazariy va
amaliy (boshqaruv) bilimlarni, ko‘nikmalarni takomillashtirish aniq vazifalarini
bajarishdir. Ularga quyidagilar kiradi:
-
mashq (trening) larda ishtirok etish;
-
malaka oshirish kurslarida o‘qish;
-
seminar, konferensiya va
kongresslarda ishtirok etish;
-
stajirovkalar (o‘quv markazlari, ishlab chiqarishni boshqarishning ilg‘or
texnologiyalari joriy etilgan korxonalar, Shu jumladan chet el kompaniya va
firmalarida);
-
tavsiya etilayotgan lavozimda (asosiy rahbar yo‘q vaqtida) stajirovka;
-
xizmat
vazifalari rotatsiyasi;
-
mehnat faoliyatining gorizontal kengayishi (o‘zaro bog‘liq, doirasi
kengaytirilgan vazifalarni bir darajada bajarish);
-
mehnat faoliyatining vertikal kengaytirilishi (xizmat vazifalariga egallab
turgan lavozimidan yuqori darajadagi mansablarda ko‘zda tutilgan vazifalarni ham
kiritish);
-
ishlab chiqarish ayrim amaliy masalalarini, korxona va uning bo‘linmalari
faoliyati
tajribasini, yuzaga chiqqan muammolar kelib chiqishi sabablarini
o‘rganishga hamda bular xususida asoslangan xulosa va tavsiyalar tayyorlashga jalb
etish;
-
o‘z korxonasi hamda boshqa kompaniya va firmalar ishlab chiqarish
o‘quvlarida o‘qituvchi sifatida ishtirok etish;
Zaxirani shakllantirish umuman korxonada hamda uning bo‘linmalarida
rahbarlik lavozimlarini egallash uchun maxsus tanlab olingan nomzodlarni aniq
maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirishdir. (1-rasm).
Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlarni tashkil
etish uchun eng avvalo
quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi:
-
zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
127
-
zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash;
-
zaxiraga kiritish mezonlarini belgilash;
-
zaxira lavozimda ko‘tarilishi uchun tayyorligini baholash tizimini ishlab
chiqish;
-
zaxirani shakllantirish va undan foydalanish
usullarini belgilash;
- personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish olib borish
yuzasidan vazifalari.
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning kadrlar zaxirasi
to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi. Personal ushbu xujjatdan yaxshi xabardor
bo‘lishi darkor, chunki xodimlarni zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish
kuchiga ega.
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir:
-
zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni dastlabki o‘rganish va
baholash;
-
zaxira
tarkibiga nomzodlarni saralash;
-
zaxira tarkibiga kiritish;
-
zaxirani tayyorlashni tashkil etish;
-
zaxira tayyorlashni baholash.
Zaxiraga kiritish uchun nomzodlarni shakllantirishda ikkita ro‘yxat tuziladi:
-
kadrlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlarning umumiy ro‘yxati;
-
aniq lavozimlarni egallash uchun nomzodlarning umumiy ro‘yxati.
Umumiy ro‘yxatga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlardan qaysilarini o‘qitish
darkorligi, nomzod shaxsiy xususiyatlarini hamda kelajakda undan rahbarlik
lavozimida foydalanishni hisobga olgan holda uni tayyorgarlikdan o‘tkazishning
qaysi shaklini tanlashga aniqlik kiritish lozim.
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlarni shakllantirishda
esa eng avvalo bu nomzodlarni baholash kerak. Baholash jarayonida nomzodning
kelajakda egallashi mo‘ljallanayotgan lavozim talablariga
naqadar muvofiqligi
128
aniqlanadi.
Mehnat jamoasiga rahbarlik uchun chetdan jalb etilgan xodimni yangi vazifaga
ko‘niktirish yanada murakkabroqdir. CHunki ular nafaqat o‘zi rahbarlik qiladigan
jamoa bilan, balki korxona, uning tuzilishi, an’analari, o‘ziga xos xususiyatlari va
hokazolar bilan mutlaqo notanish bo‘ladilar. Shuning
uchun personalni boshqarish
xizmatlarining zaxirani tayyorlash dasturi doirasida yangi lavozimga ko‘niktirish
maxsus dasturlarini ham ishlab chiqishlari talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: