145
belgilanuvchi barcha muhim mehnat shartlari (xodim talablariga munosib ish joyi va
sharoiti, ish muddati va ish vaqti rejimi, ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar) ni aks ettirish
tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan qoidaga ko‘ra, mehnat
shartnomasi
nomuayyan muddatga, muayyan muddatga (5 yilgacha), shartnomada
kelishilgan ish yoki xizmatni bajarish vaqtiga tuzilishi mumkin.
Xodimgag yuklatilayotgan ish yoki xizmat miqdori
hamda sifatiga malakaviy
tayyorligi va professional qobiliyati muvofiqligini tekshirish uchun,
tomonlar
keliShuviga ko‘ra, qonunchilikda ko‘zda tutilgan doirada muayyan muddatga sinov
muddati belgilanishi mumkin. Agar xodim sinov
muddati bilan ishga olinsa,
shartnomada sinov muddati aniq belgilanadi, lekin u olti oydan oshmasligi lozim.
Mehnat shartnomasida (kontraktda) professionalizm va mehnatga layoqatlilik
darajasini oshirish bo‘yicha
xodimning majburiyatlari, zarur hollarda ishlab
chiqarishning kelgusi rivojlanishi uchun qayta o‘qishi,
shuningdek, ish beruvchining
xodim oldidagi majburiyatlari ham kiritilishi tavsiya etiladi.
Korxona personalini boshqarish jarayonida xodimning lavozimda o‘sish
variantlari qanchalik turli xil bo‘lmasin, ular asosan to‘rt asosiy model uyg‘unligi
hisobida shakllanadi:
Dostları ilə paylaş: