146
va unda uzoq vaqt qolishga harakat qiladi. Keyin “tramplindan sakrash” – pensiyaga
chiqish ro‘y beradi. “Tramplin” modeli asosan o‘rta bo‘g‘in rahbarlariga mos keladi.
Lavozimda o‘sishning “tramplin” modeli iqtisodiyotda turg‘unlik
kuzatilgan,
markaziy idoralar va korxonalarda ko‘plab lavozimlar bir kishi tomonidan 20–25 yil
egallab turilgan davr rahbarlariga ko‘proq xos.
Boshqa tomondan, ushbu model xizmat bo‘yicha yuqorilash maqsadini o‘z
oldiga qo‘ymaydigan mutaxassis va xizmatchilar uchun odatiy sanaladi.
Turli sabablar: shaxsiy qiziqish, yuklama ozligi,
yaxshi mehnat jamoasi,
egallangan malaka tufayli xodimlarni o‘zlari egallab turgan lavozim to‘liq qoniqtiradi
va ular o‘sha egallab turgan lavozimdan pensiyaga ketguncha qolishga tayyorlar.
Shu tariqa, lavozimda o‘sishning “tramplin” modeli hozirgi bozor iqtisodiyoti
sharoitida mutaxassis va xizmatchilarning katta guruhi uchun maqbul bo‘lishi
mumkin.
Lavozimda o‘sishning
“zinapoya”
modeli esa lavozimlar o‘sishining har bir
pog‘onasida ma’lum bir vaqt, masalan, besh yildan uzoq bo‘lmagan muddat egallab
turadigan muayyan lavozimdan iborat bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Bunday muddat ayniqsa yosh mutaxassislarga yangi lavozimga ko‘nikish va
to‘liq fidokorona ishlash uchun yetarli hisoblanadi. Malakaviy darajasi,
ijodiy
professional salohiyati va ishlab chiqarish tajribasi ortishi bilan rahbar yoki
mutaxassis xizmat pillapoyasidan yuqorilab ko‘tarila boshlaydi. Har bir yangi
lavozimni xodim malakasini oshirganidan keyin ishonchli ravishda egallayveradi.
Xizmat lavozimlarining yuqori pog‘onasi maksimal professonal salohiyatga
erishgan, katta
tajriba va keng dunyoqarash, kasbiy bilim va yuksak mahoratga ega
bo‘lgan davrida egallanadi.
Psixologik jihatdan bu model birinchi (yuqori) rahbarlar uchun nihoyatda
noqulay – ular “bosh rol”dan ketishni istaymaydilar.
YUqori lavozimni egallagach, keyin jo‘shqinligi kamroq,
favqulodda
vaziyatlarda murakkab qarorlar qabul qilish, katta jamoani boshqarishni talab
147
qilmaydigan ishlarni bajarishga qaratilgan, xizmat zinapoyasidan
asta pastga tushish
boshlanadi. Biroq ushbu toifadagi amaldagi rahbarning maslahatchi sifatida hissasi
korxona uchun nihoyatda muhim hisoblanadi.
Xodimning lavozimda o‘sishining “zinapoya” modeli iqtisodiyotning
innovatsion rivojlanish bosqichida ayniqsa samara beruvchi uslub hisoblanadi
Lavozimda o‘sishning
“ilon”
modeli xodimning
bir lavozimdan gorizontal
tarzda boshqa lavozimga o‘tkazilishi va xodim lavozimlarning har birini qisqa
muddat (1-2 yil) egallashini nazarda tutadi. Masalan, usta menejerlar maktabida o‘qib
qaytgach, ketma-ketiga dispetcher, texnolog, iqtisodchi bo‘lib
ishlaydi, keyin sex
boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. Bu o‘rta bo‘g‘in rahbariga yuqori turuvchi
lavozimda kerak bo‘ladigan aniq boshqaruv funksiyalarini chuqur o‘rganish imkonini
beradi.
O‘rta bo‘g‘in rahbari korxona direktori bo‘lishdan oldin, 6–9 yil direktorning
kadrlar bo‘yicha, tijorat va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlashi va
faoliyatning muhim jihatlarini har tomonlama o‘rganishi unga ma’lum
darajada boy
tajribaga ega bo‘lish imkonini beradi va u rahbarlikning yuqoriroq mavqeini egallash
uchun katta tajriba ortirishga erishadai
Dostları ilə paylaş: