V. V. Bartoldning Markaziy Osiyoga birinchi ilmiy safari


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 84,05 Kb.
səhifə2/7
tarix06.02.2023
ölçüsü84,05 Kb.
#83044
1   2   3   4   5   6   7
V. BARTOLDning o`rta osiyo arxelogiyasi rivojlanishiiga amalga oshirgan tadqiqotlari

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Akademik V. V. Bartold hayoti fanning rivojlanishida, Sharq xalqlarining boy tarixiy o‘tmishini o‘rganish yo‘lida qilingan fidokorona mehnatning yorqin namunasidir. O‘zbek xalqi, O‘rta Osiyo va Qozogiston xalqlari V. V. Bartoldning yorqin xotirasini abadiy yodda saqlaydilar. Bartol’dning sobiq ittifoq davrida bosilib chiqqan sharxshunoslikka oid asosiy nashrlarda aktiv qatnashishi va samarali ilmiy-adabiy faoliyati, ayniqsa, ko‘zga yaqqol tashlanadi. “Akademik V. V. Bartold asarlarining ro‘yxati” dan ma`lum bo‘lishicha (bu ro‘yxat 1892 yildan to 1930 yilgacha yozilgan asarlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, olimning shaxsan ko‘zatuvi va qo‘shimchalari bilan tuzilgan), uning 350 ta asosiy asarlaridan 136 tayin sobiq ittifoq xokimiyati davrida 1918-1930 yillar mobaynida nashr etilgan. Shuningdek, T .S. Saidqulov2, В.А. Ahmedov3, K.Sh. Shoniyozov4, A. Murodov5. Asarlarida ham Bartold ijodidan foydalanib kelishgan.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. V. V. Bartold hayoti va ilmiy faoliyatining katta bir davri Turkiston, xususan O‘zbekiston va Toshkent bilan bog’liq. U faqat 1893—1928 yillar orasida Toshkentga yetti marta kelib ketdi va uning har bir safari katta, ko‘p hollarda yechimini kutib yotgan ilmiy va ilmiy-tashqiliy masalalar bilan bog’liq edi. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Bartoldning ijodini o‘rganish tarixchi olimlar ijodi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishimiz obyekti sifatida V.V. Bartold asarlarida turkiy xalqlar tarixining yoritilishi mavzusini olishimiz mumkin. Ushbu mavzu haqida yozilgan maqolalar, ilmiy ish va izlanishlar kurs ishimiz predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asoslari. Mavzuni o‘rganish jarayonida Markaziy Osiyo tarixiga oid muhim manba hisoblangan Bartoldning asarlari ilmiy jihatdan yoritildi. Mazkur mavzudan oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va maktablarda Markaziy Osiyo hududini tarixiy manbalar asosida o‘rganish jarayonida foydalanish mumkin.

Yüklə 84,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin