V. Xulosa Kirish "Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki



Yüklə 33,19 Kb.
səhifə10/10
tarix11.10.2023
ölçüsü33,19 Kb.
#153922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bankning rivojlanish tarixi

Bank Boshqaruvi haqida ma’lumot
Boshqaruv Raisi va A’zolari tuzulmaviy muloqotga doimo tayyordilar
Saydaxmedov Saidabror Saydiag'zamovich
Bank Boshqaruvi Raisi
1986 yilda tug'ilgan. 2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriatini «Bank ishi» mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. 2010 yilda «Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari» mutaxassisligi bo'yicha magistraturani tamomlagan.
Bank tizimida 2005 yildan beri ish tajribasiga ega.
2018 yil 19 yanvardan e’tiboran «Ipak Yo’li» AITB Boshqaruvi Raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Safarov Muzaffar Abdinazarovich
Bank Boshqaruvi Raisi o'rinbosari
1981 yilda tug'ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat texnika universitetining bakalavriatini «Moliya» mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. 2004 yilda Sheffild universitetini (Buyuk Britaniya) «Monetar siyosat, bank ishi va moliya» mutaxassisligi bo'yicha magistraturani tamomlagan.
Bank tizimida 2001 yildan beri ish tajribasiga ega.
2018 yil 2 martdan e’tiboran «Ipak Yo’li» AITB Boshqaruvi a'zosi.
Mirtursunov Davron Shavkatovich
Bank Boshqaruvi Raisi o'rinbosari
1982 yilda tug'ilgan. 2004 yilda bakalavriat va 2006 yilda magistraturani Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro biznes» mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.
Bank tizimida 2002 yildan beri ish tajribasiga ega.
2010 yil 8 sentyabrdan e’tiboran «Ipak Yo’li» AITB Boshqaruvi a'zosi.
Avazov Malik Abduahatovich
Bank Boshqaruvi Raisi o'rinbosari
1979 yilda tug'ilgan. G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining "Iqtisodiyot" mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.
Bank tizimida 2001 yildan beri ish tajribasiga ega.
2019 yil noyabrdan e'tiboran "Ipak Yo'li" AITB Boshqaruv a'zosi.
Maxkamov Tursunboy Erkinovich
Bank Boshqaruvi Raisi o'rinbosari
1983 yilda tug'ilgan. 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatini «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. 2006 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatini «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» mutaxassisligi bo'yicha magistraturani tamomlagan.
2022 yil 4 oktyabrdan e’tiboran «Ipak Yo’li» AITB Boshqaruvi a'zosi.
Isxakov Forrux Akzamjоnovich
Kreditlash departamenti boshlig‘i
1982 yilda tug'ilgan. 2003 yilda «Moliya» yo'nalishi bo'yicha bakalavriatni va 2005 yilda Toshkent davlat texnika universitetining «Moliyaviy menejment» yo’nalishida magistraturani tamomlagan. 2009 yilda esa O'zbekiston Milliy universitetining «Huquqshunoslik» mutaxassisligi bo'yicha bakalavr darajasini oldi.
Bank tizimida 2003 yildan beri ish tajribasiga ega.
2018 yil 3 apreldan e’tiboran «Ipak Yo’li» AITB Boshqaruvi a'zosi.
Saidkamolov Javxar Sanjarovich
Komplaens Departamenti Boshlig'i
Saidkamolov Javxar Sanjarovich – 1981-yilda tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining «Tashqi iqtisodiy faoliyat» mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriatni va 2008-yilda «Audit» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Bank sohasida 10 yildan ortiq stajga ega. 
2021-yilning 29-martidan buyon Bank boshqarmasi a’zosi.
Xulosa
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari bor.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).
Yüklə 33,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin