V. Xulosa Kirish "Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki



Yüklə 33,19 Kb.
səhifə2/10
tarix11.10.2023
ölçüsü33,19 Kb.
#153922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bankning rivojlanish tarixi

Bankning rivojlanish tarixi
Qisqacha tarixiy ma'lumot:
23 aprel – bank ta’sis etilgan kun. Aksioner innovatsion tijorat “Ipak Yo`li” banki 1990 yilda universal payli bank sifatida tashkil topdi va 1990 yil 21 iyunda 320-sonli bank operatsiyalarni o`tkazish SSSR Davlat banki litsenziyasi berildi.
1991 yil
1991 yil oktyabr oyida Bank 2 sonli Asosiy guvohnomani oldi. Bu chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga imkon berdi. Buning natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchi kompaniyalar va chet ellik banklar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo`yicha faol harakatlar boshlandi.
1993 yil
O`zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasini tashkil qilishda tashabbuskorlardan biri bo’ldi. Bu valyuta aylanmasining oshishiga yordam berdi.
1994 yil
Mart oyida Navoiy shahrida "Navoi" filiali ochildi.
1995 yil
Bank o`z mijozlariga yangi – Overdraft xizmatini taqdim qila boshladi. Bu chet ellik ta’minotchilarga import qilingan mahsuloti uchun faol to`lovlarni malgam oshirish imkonini berdi.
1996 yil
Iyul oyida Toshkent shahrining Mirzo-Ulug'bek tumanida "Mirzo-Ulug'bek" filiali ochildi.
1997 yil
Germaniya Federativ Respublikasi hukumati va O`zbekiston Respublikasi hukumati o`rtasida tuzilgan moliyaviy hamkorlik bitimi asosida O`zbekiston respublikasida kichik biznesni rivojlantirish va quvvatlash uchun bosqichma-bosqich 3 ta moliyalashtirish transhi ajratilgan edi.
2000 yil
Ikkita tijorat bankning – XYoATB “Umarbank” va ATB “Namanganbank”larning ixtiyoriy qo`shilishi. Hozirda ular Bankning mintaqaviy filiallari.
Iyun oyida Samarqand shahrida "Umar" filiali ochildi.
2001 yil
Evropa Taraqqiyot va Rivoshlanish Bankining mikrokreditlash birinchi dasturining amalga oshishining boshlanishi. Bankning birinchi lizing operatsiyasi.
2002 yil
MoneyGram pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi.
2003 yil
Sentyabr oyida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida “O`rikzor” filiali ochildi.

Yüklə 33,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin