2004 yil Savdo nuqtalarida aholiga iste’mol kreditlash dasturi boshlandi.
Anelik pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi.
2005 yil Быстрая почта pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi.
Bank Banklararo savdo tizimiga ta’sischi sifatida chiqdi.
So`mli plastic kartalarning birinchi emissiyasi amalga oshdi.
2006 yil Bank Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan 1,3 mln. AQSh dollariga, 1963-UZB “Kichik va Mikromoliyalashtirishni taraqqiy etish. Faza 1” Dasturiy Bitimni imzoladi.
Bankga Xususiy sektorni Rivojlantirish bo`yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) tomonidan 2 mln. AQSh dollarda birinchi moliyalashtirish liniyasi ajratildi
May oyida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida "Yakkasaroy" filiali ochildi.
Bank VisaInternational tarkibiga birlashgan a’zosi bo`lib kiritildi.
2007 yil CommerzbankAG (Germany) va RaiffeisenBank InternationalAG (Austria) Bankga hujjatli biznes bo`yicha moliyalashtirish liniyasi ochdi.
May oyida Toshkent shahrining Olmazor tumanida "Sag`bon" filiali ochildi.
WesternUnion va UNIstream pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi. VisaClassic plastic kartalarning birinchi emissiyasi amalga oshdi
Internet- banking masofada xizmat ko`rsatish tizimi joriy etildi.
“Axbor-reyting” BRK Bankga milliy “UZa” shkalasi bo`yicha – qarzni to`lashga qodirlikning yuqori darajalik reytingi berildi.
2008 yil Iyun oyida Shahrisabz shahrida "Shahrisabz" filial ochildi.
Bankning subordinar obligatsiyalarining birinchi emissiyasi.
Contact, Migom, Blizko pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi.
Bankning ekspress-markazlarning soni 72 gacha oshdi.
Bank VisaInternational va ChinaUnionPay to`lov tizimining tarkibiga asosiy a’zo sifatida qabul qilindi.
2009 yil Banque de commerce et (Switzerland), savdoni rivojlantirish bo`yicha moliyalashtirish liniyasi ochildi.
«Золотая корона» pul o`tkazmalari tizimi yo`lga qo`yildi.
Mart oyida Namangan shahrida "Namangan" filiali ochildi.
2010 yil Yanvar oyida Toshkent shahrida “Chilonzor” filiali ochildi.
Bank Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan 10 mln. AQSh dollariga, 2634-UZB “Kichik va Mikromoliyalashtirishni taraqqiy etish ikkinchi dasturi. Faza 2” Dasturiy Bitimni imzoladi.
Bank Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom korporatsiyasi bilan 5mln.AQSh dolariga ikkinchi liniya bo`yicha moliyalashtirishni ochish uchun qarz bitimi imzolandi.
2011 yil
Aprel oyida Toshkent viloyatida “Yangiyo`l” filiali ochildi.
LandesbankBerlin AG kredit liniyasi doirasida Evropa Ittifoqi davlatlaridan EulerHermes va SERV kafillik qoplami bilan asosiy vositalarni sotib olishni moliyalashtirish boshlandi.
2012 yil Noyabr oyida Toshkent shahrining Mirobod tumanida "Mirobod" filiali ochildi.
Bank UnionPayInternationalning rasmiy asoschi a’zosi sifatida ko`rsatildi.
Germaniya rivojlanish banki KfW kredit liniyasi 4-transh olish haqida bitim tuzildi.
XSRIK 2-moliyalashtirish liniyasi haqida bitimga liniya summasini 10 mln. AQSh dollarigacha oshirish to`g`risida qo`shimcha bitim tuzildi.
2013 yil 2013 yil 22-aprel kuni Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) “Ipak Yo`li” Bankining aksiyasini sotib oldi va Bankning 2-yirik aksioneriga aylandi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) ning “Kichik va Mikromoliyalashtirishni rivojlantirishning 2-dasturi” bo`yicha Bankga 7 mln. AQSh dollari qayta taqsimlandi.
Mart oyida Xalqaro “Moodys” Reyting Agentligi tomonidan Bankning “B2” reyting darajasi bo`yicha “Barqaror” ma’lumoti tasdiqlandi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) Bankning “Kichik biznesni va tadbirkorlikni rivojlantirish” yangi Dasturida ishtirok etishini tasdiqladi.
Shuningdek Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 5 mln. AQSh dollari miqdorida Bankga tashqi savdo operatsiyalarni kafolatlash kredit liniyasini taqdim qildi.