V. Xulosa Kirish "Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki


Qanday qilib kredit olish mumkin?



Yüklə 33,19 Kb.
səhifə9/10
tarix11.10.2023
ölçüsü33,19 Kb.
#153922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bankning rivojlanish tarixi

Qanday qilib kredit olish mumkin?
1Hujjatlarni to‘plash
Ko‘nglingizdagi avtomobilni tanladingizmi? Endi boshlang‘ich to‘lov uchun pulingiz yetarli ekaniga ishonch hosil qiling. Agarda mablag‘ingiz kamlik qilsa (2 mln so‘mgacha bo‘lsa) - yaqinlaringizdan qarz olib turing yoki tanlagan avtomobilingizning arzonroq turini tanlang. Avtokredit olish uchun Sizning pasportingiz, daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnomangiz va avtosalondan shartnoma kerak bo‘ladi. Kerakli hujjatlarni olib, bankimizning turar joyingizdagi eng yaqin ofisiga boring. 
2Ariza berish
Bank xodimi to‘lovlarning aniq hisobini Sizga taqdim etadi va Sizning hujjatlaringizni ko‘rib chiqadi. Agarda kredit to‘lovlarini to‘lash uchun Sizning daromadlaringiz yetarli bo‘lmasa, uning daromadlari bilan birgalikda to'lovlarni ortig'i bilan to'lash imkoniga ega bo'ladigan Sizning yaqin insoningiz (kafil) ning ma'lumotlari so‘rab olinadi. Hujjatlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, kredit xodimi Sizga kredit olish uchun arizani to‘g‘ri to‘ldirish kerakligi hamda hisob ochish tartibini tushuntiradi.
3Arizani ko'rib chiqish
Siz ertasi kuni yoki bir-ikki kun ichida bankdan javob olishingiz mumkin. Agar Siz kuta olmasangiz, aloqa-markaziga murojaat qilib, Sizning hujjatlaringizni qabul qilgan bank filialini ko‘rsating. Shunda Sizga albatta qo‘ng‘iroq qilishadi. Agarda Sizga kredit berish bo‘yicha rad javobi berilgan bo‘lsa, umidingizni uzmang. Muammo nimadaligini so‘rab biling, Siz ushbu muammoni bartaraf etganingizdan so‘ng bizga qaytadan murojaat etishingiz mumkin. Agar hech qanday muammo bo‘lmasa va kredit olishingiz ma'qullangan bo‘lsa, Sizga albatta SMS-xabar kelishi kerak.
4Kreditni rasmiylashtirish
Tabriklaymiz, Sizning kreditingiz ma'qullandi! Endi Sizga bank xodimi tomonidan taqdim etilgan hisobga boshlang‘ich to‘lovni kiriting. Kredit shartnomasi va kredit to‘lovi hujjatiga o‘z imzoyingizni qo‘ying. To‘lovlar bo‘yicha shaxsiy jadvalni olish yodingizdan chiqmasin. Kredit to‘lovi bir necha soatdan so‘ng qabul qilinadi. Siz shartnomani olgan dilerni bu haqda ogohlantiring va avtomobilni qachon olib ketish mumkinligini ham so‘rab oling.
5Qayerdan sotib olsam bo'ladi?
Avtomobilni qayerdan olib ketishingizni qulay joyni tanlang Chevrolet https://uzautomotors.com/dillers/cat/1

Yüklə 33,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin