Va adabiyoti universiteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
bmi gulnoza saidova

so‘z yasalish asosi 
termini 
yasama so‘zning tarkibiy qismi ekanini aniq qayd etadi. Bu bilan
harakatchan 
yasama so‘zining mohiyatini to‘g‘ri anglash, talqin etish osonlashadi. So‘z yasalish 
asosi yasama so‘zda yasama so‘z, hattoki qo‘shma so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. 
Lekin ular ham yasama so‘z tarkibida mustaqil birlik hisoblanmaydi, chunki har 
qanday yasama so‘zda so‘z yasash asosi bitta bo‘ladi.” 
12
Tilshunos olim, so‘z 
yasalish asosi haqidagi qarashlarini yakunlar ekan, so‘zning lug‘aviy ma’noli birlik 
sifatida so‘z yasalishida, lug‘aviy sistemaning til birligini hosil qilishda qatnashishi 
hamda so‘z yasalishi sistemasining til birligi hisoblanuvchi yasama so‘zning tarkibiy 
qismi (so‘z yasalish asosi) vazifasini bajarish bilan naqadar muhim mohiyatga, 
vazifaga ega bo‘lgan til birligi ekanligini ta’kidlaydi.
13
O‘zbek tilshunosligida keying yilladra so‘z yasalishi mavzusida qilingan 
ishlarda yangicha qarshlar ilgari surilganligini ko‘rish mumkin.Tilshunoslikda 
mavjud adabiyotlarning aksariyatida o‘zbek tilida so‘z yasalishining quyidagi 
usullari keltiriladi. “O‘zbеk tilidа so‘z yasаshning vоsitаlаri hаr хil bo‘lib, uning 
turlаri shundаy ko‘rinishlаrgа egа: 
1) fоnеtik usul; 2) sеmаntik usul; 3) аffiksаtsiya 
(mоrfоlоgik) usuli; 4) kоmpоzitsiya (sintаktik) usuli
.”
14
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, M.Qurbonova va boshqalar hammuallifligidagi 
o‘quv qo‘llanmada biz tahlil qilgan yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan farqli 
12
Ҳожиев А.Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. -Тошкент: 
Фан, 2010.–Б.146-147
13
Ҳожиев А.Кўрсатилган асар. –Б.147
14
Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Тошкент. 2009. Б.89


ravishda so‘z yasalishi alohida bo‘lim sifatida keltirilmagan. Har bir mustqil so‘z 
turkumlarini o‘rganish jarayonida shu so‘z turkumlarining ichida derivatsiya kichik 
mavzu sifatida keltirilgan. Yuqorida keltirilgan adabiyotlardan farqli ravishda bu 
adabiyotda “Olmosh derivatsiyasi”mavzusi ostidaolmosh yasalishi haqida batafsil 
ma’lumot keltirilgan: “Olmosh o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. U – 
affiksatsiya va kompozitsiya usuli. Ko‘rsatish, belgilash-jamlash, gumon, 
bo‘lishsizlik olmoshlari sirasida yasalmalari ham mavjud. Shuningdek, o‘zga 
turkum so‘zlaridan derivatsiyaning boshqa ko‘rinishlari asosida ham olmosh 
vujudga kelgan: [
birov
], [
butun
], [
yalpi
], [
jami
], [
falonchi
] kabi.”
15
Mazkur 
adabiyotda olmoshning yasalish usullari hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan 
ikki usul yordamida amalga oshishi misollar asosida yoritib berilgan: “Affiksatsiya 
usuli gumon olmoshida uchraydi. Bu usul bilan asosan olmoshdan olmosh yasaladi.
Yasash asosiga qo‘shilib, olmosh hosil qiluvchi affiksning so‘z yasash 
darajasi ham turlicha: [
-alla
]

[
-dir
]. Bu affiksning har biri turli derivatsion qolip 
tarkibida olmosh yasaydi: [
-alla+so‘roq olmoshi/narsa = 1) asosdan anglashigan 
narsa/predmetning gumonligi
] qolipi hosilalari quyidagicha: [
allakim
], [
allanima
], 
[
allanarsa
], [
allakim
], [
allaqayer
] kabi.
[
so‘roq olmoshi+ - dir= 1) asosdan anglashigan narsa/predmetning 
gumonligi
] qolipi quyidagi olmoshlarni beradi: [
kimdir
], [
nimadir
], [
qaerdadir
], 
[
qachondir
], [
qaysidir
] kabi. 
Kompozitsiya usuli. Bu usul vositasida qo‘shma (ko‘rsatish, so‘roq, belgilash, 
bo‘lishsizlik), juft (ko‘rsatish) va takroriy (ko‘rsatish, so‘roq, belgilash) olmoshlar 
yasaladi.”
16
Nazariy ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, so‘z yasalishi haqida ba’zi 
jihatlarni e’tiborga olmaganda, qarshlar mushtarak. So‘z yasalishi hodisasi tilning 
lug‘at boyligini oshiruvchi asosiy hodisalardan biridir. Tilda mavjud so‘z yasovchi 
qo‘shimchalar yordamida so‘z yasalishi, so‘zning ma’nosida kengayish yoki 
ko‘chishning yuzaga kelishi lug‘at boyligining oshishida muhim ahamiyatga ega.
15
Сайфуллаева Р., Менглиев Б.ва бошқалар.Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент, 2009.-Б.248
16
Сайфуллаева Р., Менглиев Б.ва бошқалар.Кўрсатилган манба, ўша бет.


Oliy ta’limda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursini, umumuy o‘rta ta’lim tizimida 
ona tilio‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish davrning asosiy 
talabi, 
hayotning 
zaruriyati 
bo‘lib 
qolmoqda. 
Lug‘aviy 
jihatdan 
“innovatsiya”tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda “innovation” – “yangilik 
kiritish”
17
degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida 
“innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga 
qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. 
Mavjud adabiyotlarda innovatsiyalarning ko‘rinishlari sifatida yangi g‘oyalar; 
tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;noan’anaviy 
yondashuvlar;odatiy bo‘lmagan tashabbuslar; ilg‘or ish uslublari keltiriladi.
18
So‘z 
yasalishi haqidagi qarashlarda yangicha fikrlari bilan avvaldan mavjud qarashlarni, 
xususan, ravish yasalishi haqidagi fikrlarni ilgari surgan A.Hojiyevning nazariy 
qarashlarini ham innovatsitya sifatida qabul qilish mumkin. A.Hojiyevning yuqorida 
tilga olingan asarida ravish yasalishini inkor etadi. So‘z yasalishi haqidagi 
qarashlarni tahlil qilar ekan, tilshunos olim so‘z yasalishiga mazkur adabiyotda 
keltirilgan talablar asosida yondashilsa, ravish so‘z turkumida yasalish hodisasi 
yo‘qligini ta’kidlaydai hamda bu mavzuda e’lon qlingan maxsus maqolani tilga 
oladi.
19
Tilshunos olim mavjud adabiyotlarda ravish yasalishi, xususan, 
-cha
affiksi 
bilan yasalgan ravishlar haqidagi qarashlarni tahlil qilar ekan, quyidagicha xulosaga 
keladi: “...o‘xhstish, o‘xshashlikni ifodalash so‘z yasovchilarga xos xususiyat emas, 
so‘z yasovchi yangi lug‘aviy ma’noli til birligi –yasama so‘z hosil qiladi. Qolaversa, 
birinchidan, 
hozircha, yigitcha, bolacha, atroflicha...
so‘zlari ‘so‘z yasalish 
asosi+so‘z yasovchi’dan iborat tarkibli birlik-yasama so‘z emas, ikkinchidan
shoshganicha, bizningcha, o‘zimcha, bilganimcha 
so‘zlaridagi 
–cha
so‘z shakliga 
qo‘shilayapti. So‘z yasovchi birlik esa bunday xususiyatga ega emas. Uchinchidan, 
ukrayincha, bolacha, ilgaricha 
yasama so‘z-lug‘aviy birlik emas, shuning uchun 
izohli lug‘atlarda bosh so‘z(izohlanuvchi so‘z) sifatida berilmaydi va hokazo. 
17
Ҳасанбоев Ж., Тўрақулов Х., Ҳайдаров М., Ҳасанбоева О., Усманов Н. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – 
Тошкент: Фан ва технология. 2009. – Б.154.
18
Сайидаҳмедов Н. Ноанъанавий дарс. Янги педагогик технологиялар. – Тошкент: Молия, 2003. – Б.56.
19
Ҳожиев А.Ўзбек тилида равиш ясалиши тизими масаласига доир./Ўзбек тили ва адабиёти, 2001.2-сон.-
Б.42-46


Xullas, o‘zbek tilidagi 
–cha
affiksi so‘z yasovchiga xos xususiyatlarga ega emas. U 
o‘z mohiyatiga ko‘ra shakl yasovchi morfemalarga, shuningdek, ko‘makchilarga 
o‘xshaydi”
20

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin