Va ahamiyati



Yüklə 448,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/41
tarix30.03.2023
ölçüsü448,66 Kb.
#91354
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
axbo tex

Andoza 
Kiritish/Chiqarish 
Birinchi qator tanlanganda asosiy kalit (so'zlar) ekranda hosil bo'ladi va 
foydalanuvchi ulardan keraklisini PgUp, PgDn, 
↑,↓,→,← va h. k. 
tugmachalaridan foydalanib tanlaydi. Kerakli kalit tanlangach, unga mos 
andoza ekranga chiqadi (ya'ni ish tartibi o'rnatiladi), so'ngra (lozim bo'lsa) 
andozadagi axborotlarni o'zgartirib yoki o'zgartirmagan holda undan 
foydalaniladi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Axborotni avtomatik izlashning xususiyatlari haqida gapirib 
bering. 
2. 
Axborot 
tizimlari 
qanday 
masalalarni 
hal 
qilishga 
mo'ljallangan? 
3. Axborot tizimlarida axborotni qayta ishlash qanday amalga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


oshiriladi? 
4. Axborotni izlash andozalari haqida gapirib bering. 
Axborotlarni ko'rib chiqish va indeksli fayllar 
Ma'lumotlar omboridan kerakli satrni tez topish uchun jadvaldagi 
ma'lumotlar berilgan kalit bo'yicha tartibga keltiriladi (alifbo bo'yicha, 
qiymatlarning kamayishi yoki ortishi bo'yicha). 
Telefon ma'lumotnomasidan iborat quyidagi jadval, bosh kalit 
(telefon nomeri) qiymatining o'sishi bo'yicha tartiblangan: 
Ma'lumotlar omboridagi ro'yxatni turli kalitlar asosida tartiblash 
mumkin. Hatto tartiblash kalitlarini bir necha ma'lumotlardan tuzish 
ham mumkin. Masalan, litseyda o'qiydigari talabalarni oldin guruhlar 
(GURUH) bo'yicha, keyin guruhlarda familiyasi (FAMILIYA) 
bo'yicha tartiblash mumkin. 
U holda tartiblash kaliti GURUH + FAMILIYA dan tashkil topadi 
va GURUH bosh satr hisoblanadi. 
Ma'iumotlarni kompyuterda saralash anchagina vaqtni talab 
qiladigan jarayon hisoblanadi. Shuning uchun axborot tizimini 
yaratuvchi saralashning optimal variantini izlab topishi kerak. 
Bu muammo quyidagicha hal qilinadi. Boshlang'ich jadvalni 
o'zgartirmasdan, har bir saralash kaliti uchun indekslifayl belgilanadi. 
Indeksli faylga kalitning qiymati (masalan, guruh va familiya) yoziladi 
(ular tartiblangan bo'ladi). Har bir qiymat dastlabki jadvalda o'z tartib 
nomeriga ega. Tizimda izlashni indeksli faylning kerakli kalitini topgach, 
dastlabki jadvalga murojaat qiladi va izlangan satrni o'z nomeri bo'yicha 
ekranga chiqaradi. Har qanday dbf fayli uchun ixtiyoriy sondagi indeksli 
fayllarni yaratish mumkin. Bunday holda faylning o'ziga indekslangan 
fay! deyiladi. Har bir indeksli fay! muayyan indeksli kalit (ya'ni bosh 
kalit) ga ega bo'ladi. Indekslash tizimi ma'lumotlar omborida 
ma'lumotlarni ko'rib chiqish va izlashning bir necha barobar 
tezlashishiga imkon beradi. 

Yüklə 448,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin