aytganda, fayl va diskning tizimli sohasidagi o'zgarishlarni nafaqat
aniqlaydigan, balki o'zgargan holda ularni dastlabki
holatga qaytarishi
mumkin bo'lgan dasturlardir.
filtr dasturlar yoki
rezident dasturlar kompyuterning tezkor
xotirasida rezidentday joylanadi va
viruslar tomonidan zararni
ko'paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga
qilinayotgan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchiga
ma'lum qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni
bajarish yoki bajarmaslikka
ko'rsatma beradi. Masalan, Flushot Plus va Antirus dasturlari.
Virusga qarshi dasturlar quwatiga qarab bir necha turga bo'linadi. Quyida
eng ko'p tarqalgan virusga qarshi DSAV 2.0 («Dialog-nauka A.B.»)
kompleksi bilan tanishamiz. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.
AIDSTEST — viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun
mo'ljallangan virusga qarshi ko'p qirrali dastur (har haftada
yangilanib turadi).
2.
Doctor WEB (Dr Web) — yangidan yaratilgan, ma'lum va
noma'lum viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun
ishlatiladigan virusga
qarshi dastur. U arxivlangan va vaksiyalangan fayllarda ham viruslarni
aruqlay oladi (har oyda o'rtacha 2 marta yangilanadi).
ADINF — diskdagi barcha o'zgarishlarni nazorat qiluvchi, disklarning
virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi).
Diskdagi barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi.
Diskning tizimli sohasini va fayllar holatini
eslab qoladi va qayta
yuklashda diskdagi o'zgarishlarni aniqlaydi, agar biror xavfli o'zgarishlar
aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqda xabar beradi.
4.
ADINF CURE MODVLE - ADINF disklar revizoridagi davolash
moduli bo'lib, revizor tomonidan zararlanganligi
aniqlangan fayllarni
avtomatik holatda tiklaydi (yiliga bir necha marta
yangilanadi).
5.
SHERIF - qattiq diskdagi operatsion tizim, dasturlar va
ma'lumotlar faylini 100% kafolat bilan himoyalovchi resident dastur.
Bu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi (ularni Windows
muhitiga moslash ham mumkin).
Amalda yuqoridagilarning bittasidan foydalanish maqsadga mu-vofiq.
Biror dasturni o'rnatib, uni doimiy ravishda yangilab borilsa.foydaliroq
bo'ladi.
Kompyuterlarga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo'lsa)
quyidagi qoidalarni esda tutish va qo'llash lozim:
1. Dastlab, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshmaslik kerak.
O'ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo'lgan
fayllarning bir
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
qismini yo'qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga
olib kelishi mumkin.
2. Virus
o'zining
buzg'unchiligini
davom
ettirmasligi
uchun
kompyuterni o'chirish lozim.
3.Kompyuter
kasallanishi
va davolash ko'rinishini
aniqlashga
mo'ljallangan barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli
disk bilan kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarish mumkin.
Drweb dasturidan foydalanish bilan tanishib chiqamiz.
Bu dasturni ishga tushirish uchun drweb.exe faylidan foydalani-ladi.
Natijada 2-rasmdagi tasvir — dasturning asosiy menyusi hosil bo'ladi.
Menyudan foydalanib qanday fayllarni tekshirish va tekshirish bilan bog'liq
barcha parametrlar o'rnatiladi. So'ngra «Тест» dagi «
Лечение» ko'rsatmasini
tanlash yoki Ctrl va F5 tugmachalarini birgalikda bosish orqali viruslardan
davolash jarayoni boshlab yubo-riladi. Dastur xotiraning ko'rsatilgan
qismini
tekshirib, mavjud vi~ ruslarni davolashga harakat qiladi va ish oxirida mos
hisobotni chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: