o'zgartirish mumkin emas, aks holda bosh kalit o'zgaradi.
«Talabnoma» jadvalidagi talab nomeri bosh kalit bo'Iib xizmat qiladi.
Jadvalda talab nomerini ko'rsatadigan ikki va undan ortiq bir xil yozuv
bo'lishi mumkin emas, aks holda jadval ma'noga ega bo'lmaydi.
«Xodimlar jadvali»ning bosh kaliti bo'Iib F.I.SH. (familiyasi, ismi-
sharifi) ustuni xizmat qila oladimi? Yo'q, albatta. Chunki bir tashkilotda
bir xil familiyali bir nechta kishi ishlashi mumkin. Shu bois, bosh kalit
sifatida ularning label nomerlarini olish o'rinli bo'ladi. Zero bosh kalit
birinchi talabga ko'ra ma'lumotni topish xarakteriga ega bo'lishi lozim.
Aksariyat hollarda universal jadvallar bir-biridan bosh kalitlariga ko'ra farq
qiladi.
Dostları ilə paylaş: