Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1080
w z www.oriens.u May 2022 M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner o‘qitish usullarini tasnif etishda o‘quvchilar faoliyati
xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni quyidagicha guruhlarga ajratgan: izohli
ko‘rgazmali usullar; qayta eslashga oid standart usullar; muammoli bayon usuli;
evristik usul; ilmiy izlanish usullari.
M.I.Maxmutov o‘qitish usullarini tasnif etishda o‘qitish usullari bilan o‘qish
usullarini o‘zaro fikricha: o‘qitish va o‘qish usullari bilan o‘zaro qo‘shilib quyidagi
o‘qitish usullarini hosil qiladi: xabar-umumlashtirish tipidagi usullar; izohli va
eslashga oid usullar; ko‘rsatmali-amaliy usullar; izohli rag‘batlantiruvchi usullar;
qisman izlanishga oid usullar; izlanishli usullar".
Pedagogikada o‘qitish metodlarini tasniflashga yagona yondoshish hozirda
mavjud emas. Didaktikada ta’lim metodlarini quydagicha farqlashlar keng tarqalgan:
bilimlar manbai bo‘yicha S.O.Lordkipanidze, YE.YA.Golant, didaktik maqsadlar
bo‘yicha B.P.Yesip, bilish faoliyatining saviyasi bo‘yicha I.YA. Lerner, M.N.Skatkin,
M.I.Maxmutov.
Metodlarning binar sxemalari va ularni uch o‘lchovli farqlash ham mavjud.
Ana shu tasniflashlarning har qaysisida afzalliklar hamda kamchiliklar mavjuddir.
Ular adabiyotlarda ham keraklicha tahlil qilingan. O‘qitish metodlarini bilish
manbalari bo‘yicha tasniflash ancha sodda bo‘lib, ular maktab amaliyotida keng
qo‘llaniladi. Bu belgi yuzasidan metodlar quyidagi uch guruhga ajratiladi:
1. Og‘zaki metodlar (bilimlarni so‘z orqali ifodalash, suhbat, darslik,
ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
2. Ko‘rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar).
3. Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar).
Bular ma’lum darajada shartlidir, chunki bu metodlarning hammasi o‘zaro bir-
biri bilan bog‘liq hisoblanib, ularni doim ham aniq chegaralash mumkin emas. Har
bir ta’lim metodining o‘z vazifalari mavjud.
S. G. Shapovalenko metodlarning to‘rt jihatini ko‘rib chiqadi: mantiqiy-
mazmuniy, protsessual va tashkiliy boshqarilishi.
Metodlarni tasniflash muammosiga turlicha qarashlar ular haqidagi bilimlar
tabaqalanishi va birlashishining tabiiy jarayonini aks ettiradi (Svetlovskaya ,
Suvorova, Lvov, Mavlonova va boshqalar)
4
.
N.S.Sayidahmedov orqali ishlab chiqilgan ta’lim metodlari tasnifi asosida
didaktik jarayon nazariyasi yotadi
5
. Ma’lumki, didaktik jarayon har qanday
4
Mavlonova R. va boshq., Pedagogika, T: O‘qituvchi 2001y., 469 b.
5
Сайидахмедов Н.С. Методў обучения и коллектив механизированному труду в хлоп