Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   153
10-sinf informatika ..

MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR 
1. Smaylik ustida sichqonchaning chap tugmachasi bosilganda, ekranga matn 
ko‘rinishidagi xabarni chiqaruvchi dastur tuzing. 
2. To‘rtburchak ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosilganda, uning o‘rnida doira 
hosil qilish dasturini tuzing.
3. Kanvas maydonida to‘rtburchak shakli o‘rnida uning nomini chiqaruvchi dastur tuzing.
4. Kanvas maydonida uchburchak shakli o‘rnida uning nomini chiqaruvchi dastur tuzing.
UYGA VAZIFA


150
150
150
150
V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
44-dars. PYTHONDA OBYEKTGA YO‘NALTIRILGAN 
DASTURLASH. SINF VA OBYEKT 
TUSHUNCHALARI
Dasturlash tillari yaratilganidan buyon 
olimlar kompyuterni dasturlashning bir 
necha usullarini ishlab chiqishga ulgurishdi. 
Dasturlash tillarining yanada rivojlangan 
turlari paydo bo‘lishi bilan dasturlarni 
yozish usullari ham o‘zgardi. Dasturlash 
texnologiyalari, algoritmlar yillar davomida 
rivojlanib keldi. Natijada, dasturlashning 
mashhur texnologiyalaridan biri – 
obyektga 
yo‘naltirilgan dasturlash
vujudga keldi.
Obyektga yo‘naltirildan dasturlash 
– 
o‘zaro bog‘liq xususiyat va usullarni alohida 
obyektlarga birlashtirish orqali dastur 
tuzish texnologiyasi.
Sinf 
– obektlar tuzilmasini tavsiflovchi 
tur. 
Obyekt
– sinf namunasi.
TAYANCH TUSHUNCHALARI
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) texnologiyasi o‘zaro bog‘liq xususiyat va 
funksiyalarni alohida obyektlarga birlashtirilish orqali dasturlash imkonini beradi. Bunday 
dasturlashda asosiy 2 ta sinf va obyekt tushunchalari mavjud.
Sinf
OYDning markazi bo‘lib, u o‘zida turli kod va ma’lumotlarni, bu ma’lumotlar qay tarzda 
o‘zgarishini ifodalovchi xususiyatlarni saqlaydi. Sinf o‘z ichiga o‘zgaruvchi va metod (funksiya)
larni hamda qiymati o‘zgarmaydigan konstantalarni oladi. Ta’kidlash joizki, har bitta sinf bitta 
obyekt tipi bo‘lib ham hizmat qiladi. 
Dasturlashdagi 
obyekt 
tushunchasi ham haqiqiy hayotdagi obyektlarga o‘xshaydi. Ular ham 
qandaydir xususiyatlar, bajariladigan funksiyalardan iborat. Obyektning xususiyatlari har 
xil dasturiy o‘zgaruvchilardan iborat bo‘lib, ularni o‘zgartirish uchun qandaydir funksiyalar 
bajariladi.
Sinf va obyektga oddiy misol
Hamma inson organizmi haqida quyidagi umumiy tasavvurga ega: ikkita qo‘l, ikkita oyoq, 
bosh, ovqat hazm qilish tizimi, asab tizimi, miya va h. k. 
Agar shu tasavvurni sinf deb atash mumkin bo‘lsa, u holda Ahmad, Saida ismli shaxslar 
uning obyekti hisoblanadi.
Python obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyasi tamoyillariga amal qiladi. Pythonda 
satr, ro‘yxat, lug‘at kabilar obyekt hisoblanadi. OYD imkoniyatlari shuning o‘zi bilangina 
cheklanmaydi. Dasturchi o‘z ma’lumot turi (sinfi)ni yozishi, undagi usullarini belgilashi 
mumkin.
Jarayon ixtiyoriy hisoblanib, dastur tuzish davomida faqat o‘rnatilgan obyektlardan 
foydalanish mumkin. Ammo OYD bir necha shaxs tomonidan uzoq muddatli dastur ishlab 
chiqish uchun foydali hisoblanadi, chunki u kodni tushunishni osonlashtiradi.


151
151
151
151
class MyClass:
x = 5
“MyClass” nomli sinf yaratildi.
x
xususiyatiga 5 qiymati o‘zlashtirildi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin