Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


UYGA VAZIFA 45-dars. PYTHONDA XATOLIKLAR BILAN



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   153
10-sinf informatika ..

UYGA VAZIFA
45-dars. PYTHONDA XATOLIKLAR BILAN
ISHLASH
Har qanday, ayniqsa katta hajmli, dasturlarda xatoliklar uchrab turishi mumkin. Bunday 
holat esa dasturning ishlamasligiga yoki dastur kerakli ishni bajarmasligiga olib keladi. 
Xatoliklarning sabab va turlari ko‘p. 
Sintaksis xatoliklari
Dasturchi dasturlash tilining o‘zini ishlatishda xato qilishi mumkin. Masalan, dastur kodini 
uning yozilishi talablariga rioya qilmagan holda yozish: o‘zgaruvchi nomini raqam bilan 
boshlash, keraksiz joyga qo‘yilgan nuqta, ochilmay yoki yopilmay qolgan qavslar va h.k. 
Bunday xatoliklar sintaksis xatoliklari deb ataladi. Ular til sintaksisining buzilishi, tinish 
belgilarining tushirib qoldirilishi natijasida yuzaga keladi.
Python interpretatori noto‘g‘ri iboraga duch kelganida, uni qanday talqin qilishni bilmaydi. Shu 
boisdan u dasturning bajarilishini to‘xtatadi va xatolik yuz bergan joyni anglatuvchi tegishli 
xabarni ko‘rsatadi.
Yuqoridgi misolda “SyntaxError” sinfiga tegishli xatolikga yo‘l qo‘yilgan. Xatolikning sababi – 
o‘zgaruvchiga nom berishda birinchi belgi sifatida raqam ishlatilgan. Bu esa Python 
sintaksisiga ziddir. 
Xatolik bilan ishlashda xato yuz bergan matnni sinchkovlik bilan o‘qish va tahlil qilish muhim 
ahamiyatga ega. Agar xatolikni tarjima qilishda qiyinchilik tug‘ilsa, “Google Translate” yoki 
“Yandex Tarjimon” kabi onlyan xizmatlar yordamida tarjima qilib, xatoni to‘g‘rilash mumkin.
EOL
(ingl. 
End of line
– qator yakuni) xatoligi sintaksis xatolikning bir turi bo‘lib, odatda, qator 
oxirida qo‘shtirnoq (birtinoq)ni yopish tushirib qoldirilganda yuzaga keladi.


156
156
156
156
V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
EOF
(ingl. 
End of function
– funksiya yakuni) xatoligi esa funksiya oxirida qavsni yopish 
tushirib qoldirilganda yuzaga keladi. EOF xatoligining muammoli tomoni shundaki, Python 
aynan qaysi funksiya yopilmay qolganini ko‘rsata olmaydi va dastur yakuniga ishora qiladi. 
Dasturchi dastur kodini sinchiklab ko‘zdan kechirib chiqishiga to‘g‘ri keladi. 
Yana bir eng ko‘p yo‘l qoyiladigan sintaksis xatoliklaridan biri bu – “Indentation Error” 
xatoligidir. Pythonda, vaziyatga qarab, kod qator boshidan joy tashlab yoki joy tashlamasdan 
yoziladi. Agar asossiz joy tashlansa yoki aksincha, kerakli joy tashlanmasa, “IndentationError” 
xatoligi yuz beradi.
Yuqoridagi misolda print funksiyasidan oldin qator boshida bo‘sh joy qolganligi uchun 
dasturlash muhiti xatolikni aniqladi. 
Ba’zi joylarda esa aksincha, bo‘sh joy tashlash yoddan ko‘tarilganligi sababli sintaksis xatolik 
yuz beradi. Masalan “if-elif-else” shartlarining, “for”, “while” takrorlash sikllarining yoki “def” 
funksiyasining tana qismida bunday xatoliklar kuzatilib turadi.
Python qoidalariga ko‘ra, sintaksis xatolari, odatda, xatolik deb ataladi. Ammo aksariyat 
hollarda dastur sintaksis xatosi bo‘lmasa ham, ishga tushirilganidan so‘ng ba’zi xatoliklarga 
duch keladi . Bunday xatoliklar 
istisno
deb ataladi. Dastur ishlash jarayonida ko‘plab 
istisnolarga duch kelishi mumkin.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin