Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


V BOB.  WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   153
10-sinf informatika ..

V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
UYGA VAZIFA
1. Amaliy mashg‘ulotda yaratilgan spraytlarni turli xil mashina ko‘rinishiga aylantiring.
2. Amaliy mashg‘ulotda yaratilgan sprayt harakati davomida yo‘l chetiga tekkanida 
o‘yindan chiquvchi dastur kod qismini yozing.
3. Loyihangizdagi dinozavr sprayti probel tugmachasi bosib turilib, qo‘yib yuborilganda 
sakrab joyiga tushuvchi dastur qismini yozing.
4. Loyihangizga yangi sprayt qo‘shing va uni gorizontal yo‘nalish bo‘ylab uzluksiz 
harakatlantiring. Dinozavr sprayti faqat yangi sprayt bilangina to‘qnashmaslik uchun 
klaviatura yordamida sakrasin. Dinozavrlar to‘qnashganda, o‘yin tugatilsin.
1. Spraytlarni qanday qurilmalar orqali boshqarish mumkin?
2. Tugmacha bosilganda qanday hodisalar qayta ishlanadi?
3. Spraytlarni boshqarish qaysi modul asosida amalga oshiriladi?
4. Spraytlarni klaviatura orqali qanday boshqarish mumkin?
5. Spraytlar to‘qnashuvi nima uchun zarur?
 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


181
181
181
181
50–51-darslar. SHARTLI DASTURLASH. O‘YINLAR 
YARATISH
O‘yinlar 
multimedia dasturlari
deya tasniflanadi. Ushbu guruh dasturlari boshqa dasturlardan 
murakkab dasturiy mantiqi, ba’zi matematik hisob-kitoblari hamda real hodisalarga taqlid 
qilishi bilan farqlanib turadi. Ayrim o‘yinlarda sun’iy intellektning ba’zi bir ko‘rinishlari ham 
ishtirok etadi. Ko‘p foydalanuvchili o‘yinlarda foydalanuvchilar ko‘z oldida ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan belgilangan qonunlar asosida yaratilgan virtual olam namoyon bo‘ladi. Bularning 
barchasi turli xil mantiqiy amallar, shartli tekshirish va takrorlashlar orqali amalga oshiriladi.
O‘yinning dastur kodida 3 ta asosiy mantiqiy blok mavjud:
1) foydalanuvchi va dastur tomonidan amalga oshirilgan voqealarni kuzatish;
2) obyektlar holatini vujudga kelgan voqealarga ko‘ra o‘zgartirish;
3) ekrandagi obyektlarni hozirgi holatiga ko‘ra aks ettirish.
Ushbu uchta bosqich o‘yin ishga tushganidan so‘ng son-sanoqsiz marta takrorlanadi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin