Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


V BOB.  WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   153
10-sinf informatika ..

V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
UYGA VAZIFA
1. Amaliy mashg‘ulotda yaratilgan sprayt rasmini o‘zgartiring va gorizontal bo‘yicha 
harakatlantiring.
2. Amaliy mashg‘ulotda yaratilgan spraytning harakat davomida oyna devoriga 
tekkanda orqaga qaytish dasturini yozing.
3. Google Chrome oflayn rejimidagi Dinosaur T-Rex o‘yini qahramoni rasmini qidirish 
tizimi orqali toping va o‘z loyihangizda sprayt sifatida joylashtiring.
4. Loyihangizdagi spraytni gorizontal yo‘nalish bo‘ylab uzluksiz harakatlantirish 
dasturini tuzing.
1. Sprayt foniga rasm qo‘yish qanday amalga oshiriladi?
2. Sprayt foniga rasm qo‘yish uchun qaysi funksiyalardan foydalaniladi?
3. O‘yin oynasi eni va balandligi spraytlarni harakatlantirishda qanday rol o‘ynaydi?
4. Harakat tezligi qanday sozlanadi?
5. FPS atamasini ta’riflab bering.
 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
49-dars. QAHRAMONLARNI KLAVIATURA ORQALI 
BOSHQARISH
O‘yin dasturlarining yana bir muhim jihatlaridan biri – qahramonlarni boshqarish. Odatda, 
qahramonlarni boshqarish klaviatura va sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Demak, 
mavzu yordamida o‘yin qahramonlarini boshqarish uchun dastur va klaviatura o‘rtasida aloqa 
o‘rnatish, qahramonlarni boshqarish imkoniyatlarini yaratish ko‘nikmalari hosil qilinar ekan.
PyGame kutubxonasida klaviatura bilan dastur o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun pygame.
key modulidan foydalaniladi. Klaviatura bilan bajariladigan ishlar ikki xil bo‘lishi mumkin: 
tugmachani bosish va tugmachani qo‘yib yuborish. Agar tugmacha bosib turilib, qo‘yib 
yuborilsa, ikkala hodisa ham hodisalar navbatiga yoziladi. Qaysi biri bilan ishlash esa o‘yin 
mazmuniga bog‘liq. Agar tugmacha bosilgan holda qo‘yib yuborilmasdan ushlab turilsa, 
navbatga faqat bitta hodisa, ya’ni tugmacha bosildi hodisasi yoziladi:
KEYDOWN – tugmacha bosilganligini ifodalovchi hodisa.
KEYUP – tugmacha qo‘yib yuborilganligini ifodalovchi hodisa.
Spraytni KEYDOWN va KEYUP hodisalari orqali boshqaruvchi dastur tuzish biroz noqulaylik 
tug‘diradi. Sababi, qandaydir tugmacha bosilganda, uning bosilishi va qo‘yib yuborilishi 
hodisalarining har birini tekshirish va qayta ishlashga to‘g‘ri keladi.


175
175
175
175
Sintaksisi:
identifikator 
= pygame.key.get_pressed ()
if identifikator[tugmacha_konstantasi]:
 
amallar_ro‘yhati
identifikator – pygame.key.get_pressed () 
funksiyasi uchun nom;
tugmacha_konstantasi – bosilgan 
tugmacha haqida xabar beruvchi konstanta;
amallar_ro‘yxati – tugmacha bajarishi kerak 
bo‘lgan amallar ro‘yxati.
Klaviaturadagi tugmachalarni ko‘rsatish uchun ishlatiladigan ko‘plab klaviatura konstantalari 
mavjud. Quyida asosiy klaviatura doimiylari ro‘yxati keltirilgan:

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin