Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


V BOB.  WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   153
10-sinf informatika ..

V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
Dastur ishga tushirilgach, mashina 
yo‘li fonli o‘yin oynasida 5 ta mashina 
sprayti yaratiladi. Asosiy sprayt (qora 
rangli mashina) oynaning quyi qismida 
joylashtirililadi va uni klaviatura 
yordamida o‘ngga va chapga, tepaga 
va pastga harakatlantirish mumkin 
bo‘ladi. Qolgan 4 ta sprayt tasodifiy 
joylashuv bo‘yicha oynaning tepa 
qismidan past qismi tomon vertikal 
yo‘nalishda uzluksiz harakatlanadi. 
Asosiy sprayt (qora rangli mashina) 
qolgan spraytlar bilan to‘qnashganda 
yoki yo‘l to‘siqlari bilan to‘qnashganda, 
o‘yin tugaganligi haqida xabar hamda 
o‘yinni qayta ishga tushirish imkonini 
beruvchi oyna hosil bo‘ladi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
1. O‘yin dastur kodidagi mantiqiy bosqichlarga ta’rif bering?
2. O‘yinni tugatish bosqichini yaratishdan maqsad nima?
3. Yaratilgan “draw_text ()” funksiyasi nima uchun ishlatiladi?
4. “game_over()” funksiyasining ishlash prinsipini ta’riflab bering.
UYGA VAZIFA
1. Loyihangizda o‘yin oynasiga matn kirituvchi funksiya yarating.
2. Loyihangizda o‘yin tugaganligidan xabar hamda qayta boshlash imkonini beruvchi 
tugatish oynasi funksiyasini yarating.
3. Asosiy qahramondan tashqari boshqa spraytlar tasodifiy interval bilan asosiy 
qahramon – dinozavr tomon gorizontal harakatlansin.
4. Dinozavr sprayti faqat yangi sprayt bilan to‘qnashmaslik uchun klaviatura yordamida 
sakrasin. Agar ular to‘qnashsa, o‘yinni tugatish oynasi ishga tushsin.


189
189
189
189
52-dars. NAZORAT ISHI
1. Quyida berilgan kortejdagi barcha elementlar bir xil ekanligini aniqlovchi dastur tuzing:
Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
tuple1 = (45, 45, 45, 45)
True
2. Lug‘atdagi barcha elementlar ko‘paytmasini topish dasturini tuzing. Lug‘at elementlari 
soni, lug‘at kaliti va qiymati foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
3. Lug‘at elementlari orasidan eng katta va eng kichik qiymatlarni topish dasturini 
tuzing. Lug‘at elementlari soni, lug‘at kaliti va qiymati foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
4. Lug‘atda takror keluvchi qiymatlarni o‘chirish dasturini tuzing. Lug‘at elementlari soni, 
lug‘at kaliti va qiymati foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
5. Berilgan lug‘at bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlovchi dastur tuzing. Lug‘at elementlari 
soni, lug‘at kaliti va qiymati foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
6. Qiymatlari 2 ta harfli ro‘yxatdan iborat lug‘at berilgan. Ushbu harflardan foydalanib, 
turli kombinatsiyalar hosil qilish dasturini tuzing. Lug‘at elementlari soni, lug‘at kaliti va 
qiymati foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin