Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   153
10-sinf informatika ..

PROTOTIP TURLARI
Past aniqlikdagi prototiplar
yakuniy mahsulotning oddiy va 
to‘liq bo‘lmagan namunasini ifodalaydi. Bunda barcha vizual 
xususiyatlar hamda kontent elementlari berilmaydi.
Eskizlar
(sayt tuzilmasi) veb-sayt yoki veb-ilova asosiy 
tuzilishi (skeleti)ni ifodalash uchun ishlatiladi. U dizayn g‘oyasi, 
sxemasi, shakli, arxitekturasi, ketma-ketligi kabi jihatlarini 
qamrab oluvchi rasm yoki sxemalar ko‘rinishida tasvirlanadi. 


191
Hikoyalar taxtasi
mahsulotni hikoya shaklida tasvirlaydi 
hamda undan foydalanish, foydalanuvchi mahsulot bilan 
qanday munosabatda bo‘lishini tasavvur 
qilishga yordam beradi.
Diagrammalar 
bir nechta kichik qismlar yordamida mahsulot 
turli jihatlarini tasavvur qilishga, prototipni optimallashtirishga 
yordam beradi. Prototipning bu turida 
mind map
asosida 
g‘oyani rivojlantirish va mahsulot turli elementlarini aniqlash 
mumkin. 
Animatsiya 
– mahsulot qanday ishlashini tasavvur qilish uchun 
chizilgan hamda ketma-ketlikda joylashtirilgan tasvirlar majmui. 
Agar mahsulot mobil ilova bo‘lsa, foydalanuvchining bir ekrandan ikkinchisiga qanday o‘tishini 
jonlantirish mumkin. Bu manfaatdor tomon yoki foydalanuvchilarga mahsulotning funksional 
imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishda yordam beradi.
Yuqori aniqlikdagi prototiplar
interfaol va yuqori funksionallikka ega bo‘lib, ishlab chiqilgan 
dizayn elementlarining aksariyati haqiqiy mahsulotga yaqinroq bo‘ladi.
Interfaol interfeysli maketlar
eskizlarning to‘liqroq 
ko‘rinishi bo‘lib, o‘zida mahsulot uchun tanlangan ranglar 
sxemasi, tipografiya va boshqa vizual elementlarni aks 
ettiradi. Ular maxsus onlayn xizmatlar yordamida ishlab 
chiqiladi.
Fizik modellar
– mahsulotning yakuniy ko‘rinishi, shaklini 
aks ettiruvchi model. 

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin