Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   153
10-sinf informatika ..

Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
{‘1’:[‘a’, ‘b’], ‘2’:[‘c’,’d’]}
ac; ad; bc; bd
7. Berilgan satrdan lug‘at hosil qiluvchi dastur tuzing. Satr foydalanuvchi tomonidan 
kiritiladi.
Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
‘informatika’
{‘i’:0, }
8. Foydalanuvchi tomonidan harf va raqamlardan iborat qator kiritilgan. Ushbu qatorda 
bir martadan ko‘p uchragan raqamni aniqlovchi dastur tuzing:
Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
mad72ad2
2
9. Kanvas maydonida matn va rasmdan iborat otkritka hosil qiling. 
10. GUIdan foydalanib, kalkulyator hosil qiling.
11. Obyektlarni chizish va ularni harakatlantirish elementlaridan foydalanib, o‘yin 
dasturini yarating.


190
190
VI BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
53–54-darslar. VEB-SAYT PROTOTIPINI ISHLAB 
CHIQISH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Prototip
(yun. 
protos 
– birinchi, 
typos
– namuna) – ishlab 
chiqiladigan mahsulot namunasi, 
modeli, maketi yoki oddiy 
simulyatsyasi.
Har qanday mahsulotni ishlab chiqishda prototipning 
ahamiyati katta hisoblanadi. U foydalanuvchi 
yoki manfaatdor tomonlar mahsulotga qanday 
munosabatda bo‘lishini bilish, takomillashtirilishi 
lozim qismlarni aniqlash va sifatli mahsulot yaratish 
imkonini beradi.
Prototip tushunchasi
Prototip
mahsulotning arzon namunasi bo‘lib, u 
mahsulot nuqsonlarini aniqlash, xususiyatlarini sinab ko‘rish va takomillashtirishga yordam 
beradi.
Prototiplar mahsulot haqida manfaatdor tomon, sherik yoki mijozlar qimmatli fikrlarini 
to‘plash imkoniyatini beradi. So‘ngra olingan ma‘lumotlardan ularning talablariga javob 
beruvchi mahsulotni ishlab chiqishda foydalaniladi.
Prototip ishlab chiqishning afzalliklari:
• foydalanuvchi/manfaatdor tomonlarning mahsulot namunasi haqidagi fikrlarini 
to‘playdi va ulardan mahsulot funksionalligini oshirishda foydalaniladi;
• omma e’tiboriga havola qilishdan oldin kamchilik va muammolarini aniqlash hamda 
yaxshilanishi kerak bo‘lgan qismlarni to‘g‘rilash orqali keraksiz xarajatlarni kamaytirishga 
yordam beradi; 
• jamoa hamkorligi va ish samaradorligini oshiradi;
• foydalanuvchiga mahsulot ishchi modeli bilan muloqot qilish imkoni beriladi;
• mavhum g‘oyani moddiy mahsulotga aylantirishga yordam beradi;
• mahsulot g‘oyasi zaif ekanligi va uni ishlab chiqish qimmatga tushishini aniqlaydi. 

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin