Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   153
10-sinf informatika ..

Matematik funksiyalar.
Aksariyat Excel foydalanuvchilari matematik funksiyalarga murojaat 
etishadi. Ularda algebraik hamda arifmetik amallarni bajarish imkoniyati mavjud bo‘lib, ular 
o‘quvchi, talaba, muhandis, olim va iqtisodchilar uchun juda qulay. Mazkur sinfga 80 ga yaqin 
matematik funksiyalar kiradi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
“СУММ” funksiyasi
dan bir necha katakdagi ma’lumotlar yig‘indisini topishda foydalaniladi. 
Funksiya sintaksisi:
=СУММ (1 argument; 2 argument;…)
Argument sifatida sonli ma’lumotni yoki katak diapazoniga murojaatni kiritish lozim. Kiritilgan 
jami ma’lumotlarning yig‘indisi belgilangan katakning natijasi hisoblanadi. 


47
47
“СТЕПЕНЬ” funksiyasi
berilgan sonning kerakli darajasini hisoblash uchun foydalaniladi.
 
Funksiya sintaksisi: 
= СТЕПЕНЬ (“son”; “daraja ko‘rsatkichi”)
Bu funksiyada ikkita argument mavjud: “Son” hamda “Daraja ko‘rsatkichi”. Son argumenti 
o‘rniga sonning o‘zini yoki son joylashgan katak manzilini kiritish mumkin:


48
II BOB. 
ELEKTRON JADVALAR
48
Matnli funksiyalar.
MS Excel dasturi matnli 
ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi turli 
funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ham ega. Matnli 
funksiyalar faqat matnli ma’lumotlarni qayta ishlash 
bilan chegaralanib qolmay, ularda sonli ma’lumotga ega 
kataklar bilan ishlash imkoniyati ham mavjud. Ulardan 
eng ko‘p foydalaniladiganlariga to‘xtalib o‘tamiz.
“ПСТР” funksiyasi
dan katakdagi matnli satrning 
belgilangan qismidan ma’lum miqdordagi belgilarni ajratib 
olib, ularni yangi katakka yozish uchun foydalaniladi. 
Bunda so‘zlar orasidagi bo‘sh joy (probel) ham bitta belgi 
hisoblanadi.
 
Funksiya sintaksisi:
= ПСТР (“Katak manzili”, “Son1”, “Son2”)
Bu yerda: “Katak manzili” – qayta ishlanishi kerak bo‘lgan matnli satr joylashgan katak 
manzili;
“Son1” – kesib olinadigan birinchi belgining joylashgan o‘rni;
“Son2” – kesib olinadigan matnning uzunligi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin