Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


II BOB.  ELEKTRON JADVALAR



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153
10-sinf informatika ..

II BOB. 
ELEKTRON JADVALAR
50
Statistik funksiyalar
– o‘rganilayotgan hodisa 
tendensiyasi va prognozini aniqlash uchun ma’lumot 
to‘plash, tartibga solish, umumlashtirish va tahlil qilish 
maqsadida foydalaniladigan operatorlar. 
Dasturning so‘nggi versiyalari imkoniyatlari statistika 
sohasidagi professional dasturlardan deyarli farq 
qilmaydi.
2. 1-masaladagi ma’lumotlarni boshqa sonlar oralig‘i uchun to‘ldiring va mashg‘ulot 
topshiriqlarini bajaring.
3. Wikipedia.org saytidan tarixiy insonlar haqida ma’lumot yuklab oling va 
“СЖПРОБЕЛЫ” funksiyasi yordamida keraksiz bo‘sh joylarni o‘chiring. 
14-dars. ELEKTRON JADVALLAR DASTURIDA 
TURLI FUNKSIYALARNI QO‘LLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Statistika 
– monitoring 
jarayonida foydalaniladigan 
hisob-kitob amallari.
“МАКС” funksiyasi
belgilangan argumentlarning eng kattasini topish imkonini beradi.
Funksiya sintaksisi:
= МАКС (1 argument; 2 argument;…)


51
51
“СРЗНАЧЕСЛИ” funksiyasi
oldingi funksiyaga o‘xshash, undan faqat ma’lum shartga javob 
beradigan katakdagi ma’lumotlarninggina o‘rta arifmetik qiymatini hisoblashi bilan farq qiladi. 
Shart sifatida katta, kichik, ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan katak qiymatlari kabilardan 
foydalanish mumkin. 
Funksiya sintaksisi:
=СРЗНАЧЕСЛИ (1 argument; 2 argument;…;shart;[kataklar_diapazoni])
Mantiqiy funksiyalar
formulalardagi shartlarning bajarilish natijasi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri 
ekanligini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Bunda shartlar o‘ta xilma-xil bo‘lishi mumkin, ammo 
mantiqiy funksiyalar natijasi faqat ikkita: shart bajariladi (TRUE) yoki shart bajarilmaydi 
(FALSE) qiymatlarini qabul qiladi. 
“И” funksiyasi
bir nechta shartlar orasidagi bog‘lanishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
Funksiya bilan bog‘liq barcha shartlar bajarilgandagina, u rost (“True”) qiymatni qabul qiladi. 
Agar kamida bitta argument yolg‘on (“False”) qiymatni qabul qilsa, “И” funksiyasi ham yolg‘on 
qiymatni qabul qiladi. Funksiya 1 dan 255 gacha argumentni o‘z ichiga olishi mumkin.


52

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin