Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


Adobe Premiere Pro dasturi



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   153
10-sinf informatika ..

Adobe Premiere Pro dasturi
– hozirgi kunda eng ko‘p foydalanishda bo‘lgan 
mashhur professional videomuharrirlardan biri. Dastur aksariyat hollarda 
Gollivud filmlarini ishlab chiqaruvchi mutaxassislar tomonidan ishlatiladi. 
Dastur ko‘plab turli funksiyalarni hamda maxsus effektlarni o‘z ichiga oladi. 
Adobe Premiere Pro videotahrirlash dasturining asosiy sifat va funksiyalari 
quyidagilardan iborat:
• real vaqtda ishlash rejimining 
mavjudligi;
• ko‘p tilli interfeys;
• Adobe kompaniyasi tomonidan 
yangilanib turishi va qo‘llab-
quvvatlanishi; 
• ranglar bilan ishlashning aniqligi;
• videoni yuqori sifatda tahrirlash va 
ovoz yozish;
• chiziqli bo‘lmagan tahrirlash 
funksiyasining mavjudligi;
• barcha turdagi xilma-xil filtr va effektlar;
• multitrek rejimining mavjudligi;
• bir qancha formatlarni qo‘llab-quvvatlay olishi;
• videoni turli manbalardan olish qobiliyati;
• montaj vaqtida freymlarni qirqish funksiyasi;
• animatsiya, sarlavha va boshqa funksiyalar;
• bir vaqtning o‘zida har xil sifatli video ketma-ketliklardan foydalanish.
 
Pinnacle Studio
– Corel kompaniyasining eng mashhur videomuharrir dasturi. Dastur 
yuqori aniqlikdagi videofayllarni, audio va fotosuratlarni qayta ishlash, tahrirlash, effektlar, 
o‘tishlar, filtrlar, tayyor loyihani turli formatlarda CD, DVD, Blue-Ray vositalarida yozish hamda 
boshqa turli qo‘shimcha funksiyalarga 
ega. 
Dasturning afzalliklari:
• video yoki audio ulangan qismlar 
o‘rtasida tekis o‘tishlarni ta’minlash;
• 2000 dan ortiq effektlar;
• aniq va qulay interfeys, ko‘p funksiyali 
vaqt chizig'i;
• plagin to‘plamlari;
• 3D format bilan ishlash;
• video va audiofayllar bilan ishlashni osonlashtiruvchi ommaviy axborot vositalarida yozib 
olish uchun “aqlli” vositalar to‘plamining mavjudligi.


66

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin