Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   153
10-sinf informatika ..

RANG KORREKSIYASI
Tasvirning yorqinligi va kontrastini yaxshilash uchun rang korreksiyasi sozlamalaridan 
foydalanish mumkin. Buning uchun:
1) montaj stolidan rangi sozlanishi kerak bo‘lgan video 
tanlanadi;
2) uskunalar panelidan “Color Adjustments” 
uskunasi tanlanadi; 
3) “Easy” shablonlari yordamida kontrast, to‘yinganlik va 
oq rang balansi sozlanadi; 
4) “Advanced” bandida oq rang balansi, yorug‘lik, kontrast va tasvir rangining standart 
sozlamalari mavjud. Slayderlarni siljitish orqali tasvir ranglari o‘zgartiriladi.
VIDEONING TEZLIGINI SOZLASH
Videoning tezligi uskunasi video va audiofayllarni tezlashtirish yoki sekinlashtirish imkonini 
beradi. Buning uchun:
1) montaj stolidan tezlashtirish yoki sekinlashtirish kerak bo‘lgan video (audio) tanlanadi;
2) uskunalar panelidan “Clip Properties” 
uskunasi tanlanadi; 
3) tezlik slayderi kerakli darajaga o‘rnatiladi (100% – videoning asl tezligi).


72
III BOB. 
ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI
7272
Videoning tezligi uning davomiyligi va montaj stolida 
videoning uzunligida aks etadi. O‘zgartirilgan video tezligida 
yulduzcha belgisi paydo bo‘ladi.
AMALIY MASHG‘ULOT
Yaratilgan videoni turli qurilmalarga export qilish.
Barcha tahrirlash ishlari tugaganidan 
so‘ng, menyular bandidan “Export —
Export Video…” buyrug‘i tanlanadi. 
Kerakli chiquvchi videoformat 
tanlanadi. Masalan, *.MP4.
Video faylga nom beriladi.
Saqlash joyi ko‘rsatiladi.
Videoning sifati tanlanadi.
Kerakli sozlamalar ko‘rsatilganidan 
so‘ng, “Start” tugmachasi bosiladi.


7373
73
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR 
1. Videoni fragmentlarga ajratish qanday amalga oshiriladi?
2. Videoni kesish uchun klaviaturaning qaysi tugmachasi bosiladi?
3. Videoni burish uchun qaysi uskunadan foydalaniladi?
4. Movavi Video Editor dasturida yaratilgan loyihani bo‘yash uchun qaysi uskuna 
tanlanadi?
5. Montaj stoli qayerda joylashgan bo‘ladi?
UYGA VAZIFA
1. Mobil qurilma yordamida birorta videoni suratga oling. 
2. Olingan videoni 90 gradusga aylantiring.
3. Avtokorreksiya yordamida videoga rang bering.
4. Loyihani “phone” nomi bilan saqlang.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin