Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   153
10-sinf informatika ..

UYGA VAZIFA.
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
2. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan 3 ta lug‘atni birlashtirib, yangi lug‘at hosil 
qiluvchi dastur kodini yozing.
Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
dic1={1:10, 2:20}
dic2={3:30, 4:40}
dic1={5:50, 6:60}
{1:10, 2:20, 3:30, 4:40, 5:50, 6:60}
Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
uch bir uch ikki bir iki uch
0 0 1 0 0
2. Bir nechta satrdan iborat matn berilgan. Matnda eng ko‘p uchragan so‘zni toping. 
Agar bunday so‘zlar bir nechta bo‘lsa, leksikografik tartibi bo‘yicha kichigini chiqarish 
dasturini tuzing.
Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
olma nok shaftoli shaftoli nok
nok
37-dars. TO‘PLAMLAR (SET) BILAN ISHLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
To‘plamlar (set)
bitta 
identifikator ostida har xil 
takrorlanmaydigan elementlar 
to‘plamini saqlovchi ma’lumotlar 
turi.


128
128
128
128
V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
To‘plam
– takrorlanmaydigan elementlardan ixtiyoriy tartibda tashkil topgan ma’lumotlar turi.
To‘plam elementi ixtiyoriy o‘zgarmas ma’lumotlar turi bo‘lishi mumkin: son, satr, kortej va 
h. k. O‘zgaruvchan turdagi ma’lumotlar to‘plam elementi bo‘la olmaydi. Masalan, ro‘yxat 
to‘plam elementi bo‘la olmaydi, lekin kortej to‘plam elementi bo‘la oladi. To‘plamlar, asosan, 
takrorlanuvchi elementlarni o‘chirish uchun qulay hisoblanadi.
 
To‘plamlarni e’lon qilish
To‘plamlar {}qavs yoki set() konstruktori yordamida e’lon qilinadi. To‘plam elementlari 
qiymatlari unikal bo‘lishi zarur. Agar bir xil qiymatlar takrorlansa, u holda takrorlanuvchi 
qiymatlar bitta qiymat deb hisoblanadi. 
To‘plamlarga elementlar qo‘shish, ya’ni to‘plamlar hosil qilish uchun ro‘yxatlar kabi turli 
usullardan foydalanish mumkin.
1-usul. 
{}qavs yordamida bevosita dastur kodida elementlarni kiritish orqali lug‘at hosil 
qilish:
>>> a = {'1','2','1','2','1','1'}
>>> print(a)
To‘plamga takrorlanmas qiymatga ega 
elementlar kiritiladi, aks holda to‘plam 
ularni bitta deb hisoblaydi.
{'2', '1'}
2-usul. 
set() konstruktori yordamida bevosita dastur kodida elementlarni kiritish orqali 
lug‘at hosil qilish:
>>> bush=set()
>>> print(bush)
Bo‘sh to‘plam hosil qilish.
set()
>>> toq=set([1,3,5])
>>> print(toq)
Toq elementlardan tarkib topgan to‘plam 
hosil qilish.
{1, 3, 5}
>>> belgi=set('alla')
>>> print(belgi)
Takrorlangan belgi ishlatilganda, faqat 
unikal qiymatlar to‘plami hosil bo‘ladi.
{'l', 'a'}
3-usul. 
To‘plam generatori yordamida to‘plam hosil qilish: 
>>> d={i**2 for i in range(5)}
>>> print(d)
Xuddi ro‘yxat generatori kabi hosil qilinadi, 
faqat figurali qavsda.
{0, 1, 4, 9, 16}
4-usul.
frozenset yordamida to‘plam hosil qilish. frozenset o‘zgartirib bo‘lmaydigan 
to‘plam yaratishda ishlatiladi. Bunday to‘plamga yangi element qo‘shish, o‘zgartirish va 
o‘chirishga ruxsat berilmaydi. 


129
129
129
129
>>> rang={‘qizil’, ‘sariq’, ‘qora’}
>>> ranglar= frozenset(rang)
>>> print(ranglar)
frozenset funksiyasi yordamida o‘zgartirib 
bo‘lmaydigan to‘plam yaratiladi.
frozenset({'qizil', 'sariq', 'qora'})

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin