Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   153
10-sinf informatika ..

MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR 
1. Elektron jadvallarga misollar keltiring. Elektron jadvaldan foydalanish nimasi bilan 
qulay? 
2. MS Excel dasturining yaratilish tarixi haqida qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz?
3. MS Exceldagi ishchi kitob va ishchi varaq tushunchalarini izohlang.
11-dars. ELEKTRON JADVALNING ELEMENTLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Ustun
– elektron jadvalning harf 
bilan nomlangan vertikal ustuni.
Satr
– elektron jadvalning son 
bilan nomlangan gorizontal 
qatori.
Elektron jadvallar ham oddiy jadvallar kabi ustun va 
satrlardan iborat bo‘lib, ular katta ma’lumotlarni qayta 
ishlashga mo‘ljallangan. 
Dastur interfeysining katta qismini egallagan ishchi 
maydon ustun va satrlardan iborat (
qarang: dastur 
interfeysi rasmi
). Ustunlar ingliz alifbosining bosh 
harflarida A, B, C, D, E, F, …, AA, AB, AC, …, ZZ … kabi, 
satrlar esa sonlarda 1, 2, 3, 4, …, 100, 101, … kabi nomlanadi. 


39
39
D5
KATAKKA KIRITILADIGAN MA’LUMOT TURI
MS Excel dasturining kataklariga uch turdagi ma’lumotlarni kiritish va ularni tahrirlash 
mumkin:
MS Excel dasturi jadval kataklariga kiritilgan ma’lumotlar turini avtomatik ravishda aniqlashga 
harakat qiladi. Formulalarni kiritish “=” belgisi bilan boshlanadi hamda dastur kiritilayotgan 
ma’lumotni formula sifatida qabul qiladi. 
Dastur kiritilgan ma’lumotlarni raqam sifatida qabul qilgan bo‘lsa, katakdagi raqamlar 
katakning o‘ng tomoniga
 
(1) joylashadi. Formula va raqam bo‘lmagan barcha ma’lumotlarni 
dastur matn sifatida qabul qiladi hamda ular katakning chap tomonida
 
(2) joylashadi: 
1
2
MS Excel 2019 dasturida satrlar soni 1 048 570 tadan, ustunlar soni esa 16 380 tadan 
ziyod. Ustun va satrning kesishgan qismiga 
katak
deyiladi. Har bir katak o‘z manziliga ega. 
Katak manzilida dastlab ustun nomi, so‘ngra satr raqami ko‘rsatiladi. Masalan: D5, H59, 
AA123, … .
Sichqoncha bilan belgilangan katakka 
faol katak
, bir necha kataklarni belgilashdan hosil 
qilingan maydonga esa 
kataklar diapazoni
deyiladi. Kataklar diapazonini ko‘rsatish uchun 
dastlab belgilangan maydonning yuqori chap burchagidagi katak manzili, so‘ngra ikki 
nuqta (:) belgisidan keyin quyida joylashgan o‘ng burchakdagi katak manzili yoziladi. 
Masalan: A2:B6, G8:U12, … . 


40

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin