Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


D TUR YARATUVCHI DASTURLAR



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153
10-sinf informatika ..

3D TUR YARATUVCHI DASTURLAR
Krpano dasturi – virtual turlar yaratuvchi dasturiy mahsulot. Krpano ijodiy 
ishlash uchun juda ko‘plab imkoniyatlarga ega. Ushbu dasturda yaratilgan 
3D turlar barcha qurilmalarda, jumladan, virtual voqelik shlemlarida ham 
ishlaydi.
Pano2VR dasturi panoramali yoki 360 gradusli fotosurat va videolarni 
interfaol virtual turga aylantiradi. Tayyor 3D turlarni veb-saytlarga yuklash 
va ularni kompyuter, mobil qurilma yoki virtual voqelik shlemlarida ko‘rish 
mumkin.
VIRTUAL TURLARNING QO‘LLANISH SOHALARI
Muzey va ko‘rgazmalar.
Odamlar vaqti hamda mablag‘ini tejash bilan birga dunyoning 
istalgan joyidagi muzey yoki ko‘rgazmalarga 3D-turlarni uyi yoki ofisidan chiqmagan 
holda mobil qurilma yoki kompyuter orqali amalga oshirishi mumkin. Bunday turlar muzey 
eksponatlari bilan yaqindan tanishish va qo‘shimcha axborotlar olish imkonini beradi. 
Ko‘chmas mulk va qurilish.
Ko‘chmas mulkda 3D-turlardan 
foydalanish xonadon, dala hovli, ofisni yaxshiroq namoyish 
qilish imkonini beradi. Mijoz kunning istalgan vaqtida, uyidan 
chiqmagan holda obyekt atrofida “aylanib yurishi” va uni 
qiziqtirgan tafsilotlarni batafsil ko‘rib chiqishi mumkin.
Sayohat va turizm.
Sayohat qilmoqchi bo‘lgan shaxs kerakli davlat yoki shaharni belgilab, 
virtual sayohat yordamida navbatdagi ta’til safarini rejalashtirishi mumkin. Kelajakda tashrif 
buyuradigan joyi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyati ham mavjud.
Virtual tur
– o‘tish nuqtalari bilan 
birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq 
uch o‘lchovli (3D) panoramalar. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR


108
108
108
108
IV BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
Restoran va dam olish.
Kafe, bar yoki restoranning virtual 
sayohatlari va 3D sferik panoramalari interyerning o‘ziga 
xosligini yoki ularning rang-barangligini ta’kidlash uchun, 
ayniqsa, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan dam olish va 
qulaylik muhitini anglash imkonini beradi. 
AMALIY MASHG‘ULOT

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin