Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   153
10-sinf informatika ..

Image Composite Editor 
(ICE) – Microsoft Research Computational 
Photography Group tomonidan yaratilgan panoramali tasvir muharriri. 
Bitta fotokamera yordamida olingan fotosuratlar to‘plamini uzluksiz 
birlashtiruvchi yuqori sifatli panoramalarni yaratadi.
Virtual turlar fotopanoramalarga asoslangan oddiy fotosuratlar ko‘rishning interfaol tabiati 
bilan ajralib turadi. Agar virtual tur foydalanuvchisi panoramalar o‘rtasida faol sohalar orqali 
yoki sayohatlar xaritasi bo‘yicha harakat qila olsa, yanada qiziqroq bo‘ladi.
2)
 
suratlarni choklash
. Choklash maxsus dastur yordamida amalga oshiriladi. Choklashdan 
keyin dastur jami rasmlardan bitta grafik faylni hosil qiladi
3)
 
choklangan
suratga ishlov berish. Agar suratlar yuqori sifatli bo‘lsa, ishlov berishga 
zarurat tug‘ilmaydi; 
4) grafik faylni 
3D panoramaga o‘tkazish. Buning uchun turli dasturlar mavjud bo‘lib, ular 
yordamida teng masofali proyeksiyalashtiriladi.
DIQQAT
Teng masofali proyeksiya 

 
sferik panoramaning tekis tasviri. 
Unda bir vaqtning o‘zida 360º 
bo‘shliq ko‘rsatiladi.
3D PANORAMA YARATUVCHI DASTURLAR
Autopano Pro
fotosuratlarni qayta ishlash va tahrirlash vositasi bo‘lib, 
uning yordamida bir nechta fotosuratni birlashtirish, maxsus (360 gradusda 
suratga oluvchi) kameralarsiz panoramali surat yaratish mumkin.
VIRTUAL TUR (3D TUR)LAR


107
107
107
107
Virtual turlarni yaratish uch bosqichga bo‘linadi:
1) suratga olish
2) tasvirlarni qayta ishlash;
3) 3D panoramalarni virtual turga yig‘ish.
3D turni yaratishning oxirgi bosqichi maxsus 
dasturiy ta’minot yordamida quyidagicha amalga oshiriladi:
• virtual panoramalar uchun teng masofali proyeksiya yuklanadi;
• sahnalar orasidagi o‘tish nuqtalari o‘rnatiladi;
• navigatsiya menyusi: umumiy ko‘rinish va qo‘shimcha funksiyalarni boshqarish 
tugmachalari qo‘shiladi;
• interfaol xususiyatlar: matnli axborotlar, tur xaritasi, musiqa, fotosurat va videolar 
biriktiriladi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin