Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


IV BOB.  WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   153
10-sinf informatika ..

IV BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
Birinchi 3D chop etish jarayoni rivojlanishi bilan prototip qurishning yangi davri boshlandi. 
1984-yilda amerikalik Chak Xall Stereolitografiya (SLA) tezkor prototiplash texnologiyasi, ya’ni 
fotopolimerlarni ultrabinafsha nurlar yordamida birlashtirish jarayoni uchun patent oladi. 
Hozirda bir nechta RP texnologiyalari mavjud:
• stereolitografiya (SLA);
• termoplastikalarni yotqizish (FDM – Fused Deposition Modeling);
• kukunli materiallarni lazer bilan sinterlash (SLS – Selective Laser Sintering);
• obyektlarni laminatsiyadan foydalangan holda ishlab chiqarish (LOM – Lamineted Object 
Manufacturing).
SLA
— (Stereo Lithography Apparatus). 
Stereolitografiya – CAM/CAD dasturlari yordamida 
oldindan dasturlashtirilgan, kompyuter tomonidan 
boshqariladigan harakatli lazer nuridan foydalanuvchi 3D 
bosib chiqarish jarayoni. 
SLA juda aniq va nozik detallar ishlab chiqarishni talab 
qiluvchi tezkor prototip hamda loyiha dizaynlari uchun 
maxsus texnologiya bo‘lib, undan konseptsiya g‘oyalarini 
tasdiqlash, ergonomik testlarni o‘tkazish uchun namoyish-
tomosha qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
SLA ultrabinafsha lazer yordamida model shaklini 
sezgir qatroni bilan ketma-ketlikda nurli idish yuzasiga 
o‘tkazadi. Suyuq plastik faqat lazer nurlari o‘tgan joydagina 
qattiqlashadi. So‘ngra qotib qolgan qatlam ustiga yangi 
suyuqlik qatlami oqadi va yangi kontur lazer yordamida 
tasvirlanadi. Jarayon 3D modelning qurishi tugaguniga 
qadar takrorlanadi.
DIQQAT
CAD
– kompyuter 
yordamida loyihalash. 
CAM
– kompyuter 
yordamida ishlab chiqarish.
FDM (Fused Deposition Modeling) texnologiyasida 
eritilgan materialni oldindan belgilangan yo‘l bo‘yicha 
ustma-ust qatlamlar tarzida tanlab biriktirish orqali 3D 
obyekt yaratiladi. FDMda ishlatiladigan asosiy materiallar 
termoplastik polimerlar bo‘lib, filament shaklida bo‘ladi.
SLS
(Selective Laser Sintering – selektiv lazer 
sinterlash) – yuqori quvvatli lazer yordamida polimer 
kukunining zarralarini 3D modelga asoslangan 
mustahkam tuzilishga singdirish uchun 
additive 
manufacturing
(AM) texnologiyasi. 


103
103
103
103

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin