Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-dars. MOBIL ILOVA TUSHUNCHASI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

40-dars. MOBIL ILOVA TUSHUNCHASI
MOBIL ILOVALAR TARIXI
Agar mobil ilovalarni loyihalashtirish, ishlab chiqish 
tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bunday ilk dasturlar 
Java muhitida ishlab chiqilgan kalendar va kalkulyatorlar, 
hatto o‘yinlar bo‘lganliginini guvohi bo‘lamiz.
Mobil telefonlarda displeyning paydo bo‘lishi mobil 
ilovalarning yaratilishida boshlang‘ich qadam bo‘lgan, 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tabiiyki, telefonlar uchun 
birinchi dasturlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
qurilmaga o‘rnatilgan, telefonning o‘ziga xos 
funksiyalarini bajarishga mo‘ljallangan ichki dasturlar 
edi.
Birinchi mobil dastur telefonning ishlashi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’ul dasturiy ta’minotdan 
tashqari, foydalanuvchi kontaktlarini boshqaruvchi dasturiy ta’minot – telefon daftarchasi 
edi. Dastlab daftarchaga faqat abonent ismi va telefon raqami kiritilgan. Asta-sekin dasturga 
yangi-yangi funksiyalar qo‘shilib borgan – ism va telefon raqamidan tashqari, abonent 
manzili, elektron pochtasi kabi ma’lumotlarni kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


3-DARS
MOBIL ILOVA TUSHUNCHASI
MOBIL ILOVA TUSHUNCHASI
239
V BOB. MOBIL ILOVALAR YARATISH (40–45-darslar)
MOBIL ILOVALAR TURLARI
Mobil ilovalarni qanday qurilma yoki operatsion tizimda ishlashidan qat’i nazar ikki – bepul va 
pullik mobil ilovalar guruhiga bo‘lish mumkin.
Bepul ilovalar cheklangan imkoniyatlar to‘plamiga ega sodda dasturiy ta’minotni taqdim etadi. 
Ular aniq bir topshiriqni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi (masalan, elektron pochtani ko‘rish). 
GetJar tashkiloti ekspertlari fikriga ko‘ra, aksariyat hollarda foydalanuvchi bepul dasturlardan 
qisqa vaqt davomida foydalanadi. Bunga sabab ularning imkoniyatlari cheklanganligidir.
Pullik ilovalarda esa foydalanuvchiga har bir dasturiy mahsulot uchun kengaytirilgan 
funksional imkoniyatlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar qoida sifatida 
muntazam ravishda dasturiy ta’minotning yangi imkoniyatlarini taklif etishadi. 
Shuningdek, mobil ilovalarni, vazifasiga ko‘ra, ko‘ngilochar (multimediali), kommunikatsion, 
navigatsion, ma’lumot beruvchi va amaliy ilovalarga ajratish mumkin.
Qisqa matnli xabarlarni (SMS) almashish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan mobil telefonlarga 
yana yangi dastur qo‘shildi. Bu dastur kichik elektron matnlarni yozish, tahrirlash va yuborish 
imkonini berar edi.
Mavjud dasturiy ta’minot orqali telefonga o‘rnatilgan birinchi mobil dastur paydo bo‘lgan vaqt 
o‘tgan asrning 90-yillari oxirlarida, uyali aloqa asta-sekin dunyo bo‘ylab millionlab odamlar 
hayotiga kirib kela boshlagan paytga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash joizki, o‘sha paytga kelib telefon 
ishlab chiqaruvchilar mobil telefon uchun dasturiy ta’minot texnologiyalarini rivojlantirish 
hamda tijorat maqsadlarida istiqbolli yo‘nalishini tushunib yetishgan. Shu davrdan boshlab 
mobil qurilmalar dasturiy ta’minotiga, ularni boshqaruvchi dasturlardan tashqari, qo‘shimcha 
dasturlarni o‘rnatish boshlandi: turli xil ko‘ngilochar multimedia ilovalari, kichik arkada o‘yinlari, 
qo‘ng‘iroq ohanglari muharriri, kalkulyator, kalendar va h. k.
1997-yilda uyali aloqa bozorida mobil qurilmalar orqali Internet tarmog‘iga ulanish 
imkoniyatini beruvchi WAP texnologiyasi paydo bo‘lishi bilan dastur-ilovalar va ularni ishlab 
chiqaruvchilar soni ko‘paya boshladi.
Yangi ming yillik boshlarida mobil ilovalar bozori jadal rivojlandi. Mobil qurilmalar uchun 
multimedia kontentlari va dastur mahsulotlarini sotish uchun mo‘ljallangan maxsus saytlar 
paydo bo‘ldi.
Mobil qurilmalar takomillashgan sayin mobil ilovalar ham ko‘plab qulayliklarni taklif eta 
boshladi. Xususan, shaxsiy komputerda foydalaniluvchi ko‘plab dasturlarning mobil qurilmalar 
uchun dastur-prototiplari ishlab chiqarila boshlandi. Bu orqali komputerda bajarish mumkin 
bo‘lgan ko‘plab vazifalarni mobil qurilmalarda ham bajarish imkoniyati yaratildi.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin