Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Xamarin


I BOB. 
BIG DATA VA DATA MINING
246
Thunkable
– mobil ilovalar uchun vizual rivojlanish muhiti. “Vizual” so‘zi funksiya 
va o‘zgaruvchilarni aks ettiruvchi vizual bloklar bilan dasturlashni anglatadi. 
Uning 2 ta asosiy komponenti mavjud:
1) dizayner: ekranga turli xil foydalanuvchi interfeysi komponentlarini qo‘shish 
orqali dasturning foydalanuvchi interfeysini yaratish imkonini beradi, masalan, tugmachalar, 
matn maydonlari, GoogleMaps kabilar;
2) bloklar: Thunkableda Scratchga o‘xshash bloklarga asoslangan dasturlash tili mavjud. Bu 
yangi boshlovchilar uchun dasturlashdan foydalanishni osonlashtiradi, ammo tajribali ishlab 
chiquvchilar foydalanishi uchun yetarli emas.
Thunkable App Inventor kabi dasturlash muhitlariga o‘xshash tarzda onlayn ishlaydi. Bundan 
tashqari, bloklardan foydalangan holda vizual dasturlashdan foydalaniladi. Agar istasangiz, 
masalan, Web Viewer komponenti bilan ishlashda matnli dasturlashdan foydalanishingiz 
ham mumkin. Ilovani yaratish, nomini o‘zgartirish, nusxalash, o‘chirish va jonli ko‘rish bilan bir 
qatorda, uni App Storeda nashr etish mumkin.
Dasturlash muhitining funksionalligi va Thunkableda dasturlarni yaratish qobiliyati Android 
uchun kodli dasturlash muhitlaridan sezilarli darajada past, ammo ko‘plab vizual va novizual 
komponentlari yordamida sodda mahalliy va gibrid dasturlar yaratish mumkin.
Thunkable


10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
247
App Inventor
(App dastur uchun qisqartirilib, dastur deya tarjima qilingan; 
Inventor ixtirochi sifatida tarjima qilingan) – dasturlash bo‘yicha ko‘p bilim talab 
qilmaydigan vizual dasturlash muhiti. Dastur dastlalb Google Labs tomonidan 
ishlab chiqilgan, keyinchalik esa Massachusets Texnologiya Institutiga 
topshirilgan.
App Inventor Android ilovalarni yaratish uchun bulutli texnologiyaga asoslangan vizual 
dasturlash muhiti hisoblanadi. Dasturlarni qurish dastur kodlari bloklari yordamida 
vizual rejimda amalga oshiriladi. App Inventor veb-muhitda ishlaydi. Bu esa ishni ancha 
soddalashtiradi, chunki kompyuter resurslaridan deyarli foydalanilmaydi (lekin muhitga kirish 
uchun Internet bo‘lishi lozim). Shuningdek, Java dasturlash tili va Android SDKni bilish talab 
qilinmaydi. Kompyuterga hech qanday dasturni o‘rnatishi shart emas, faqat Google Chrome 
brauzerida ai2.appinventor.mit.edu manzili orqali muhitni ishga tushirish mumkin.
App Inventordan foydalanish uchun Google akkaunt zarur. Agar Googleda akkaunt mavjud 
bo‘lmasa, unda ish boshlashdan oldin siz akkaunt yaratishingiz va avtorizatsiya qilishingiz 
lozim. Shundan so‘ng App Inventor dasturi hamda barcha saqlangan loyihalar bilan istalgan 
kompyuterda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Ilovalarni yaratish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich – foydalanuvchi interfeysini loyihalash;
kkinchi bosqich – ilovalarni dasturlash (ko‘rsatmalar yaratish).

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin