Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-dars. MOBIL ILOVALARNI YARATISH



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

41-dars. MOBIL ILOVALARNI YARATISH 
TEXNOLOGIYALARI VA VOSITALARI


I BOB. 
BIG DATA VA DATA MINING
244
Android Studio
– 2013-yil 16-may kuni Google I/O konferensiyasida e’lon 
qilingan Android platformasi bilan ishlash uchun o‘rnatilgan dasturlash muhiti 
(IDE). IDEni yuklab olish va undan foydalanish mutlaqo bepul. Android studiyada 
smartfon va planshetlar uchun ilovalar ishlab chiqish vositalari, shuningdek, 
Android TV, Android Wear, Android Auto, Glass va qo‘shimcha kontekstli modullar uchun 
yangi texnologik yechimlar mavjud.
Android Studioda dasturlash 2 muhitda amalga oshiriladi:
1) ilova interfeysini yaratish;
2) ilova funksiyalarini yaratish.
Ilova interfeysini 2 usulda: kod orqali va komponentlar orqali yaratish mumkin. Kod orqali 
yaratishda XML tilidan foydalaniladi. Bunda har bir elementning nomi yozilib, so‘ngra 
uning parametrlari sozlanadi. Interfeysni komponentlar yordamida yaratishda esa tayyor 
komponentlar ilova oynasiga joylanadi va ularning parametrlari sozlanadi. Komponentlarga 
tugmachalar, yozuv maydonlari, mediamahsulotlarni namoyish qilish maydonlari, veb-
maydon kabilar kiradi.
Ilovaning funksiyalarini yaratish dasturlash tillarida amalga oshiriladi. Android Studio muhitida 
dastlabki versiyalarida dasturlash jarayonlari uchun Java dasturlash tili belgilangan edi. 
2017-yil 17-may kuni o‘tkazilgan Google I/O konferensiyasida Google Android Studioda 
Javaga qo‘shimcha ravishda Android platformasi uchun rasmiy dasturlash tili sifatida Kotlin 
tilini qo‘llashini e’lon qildi. 
Android Studio


10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
245
Xamarin iOS
, Android va Windows qurilmalari uchun C# dasturlash tilida 
zamonaviy mobil ilovalarni ishlab chiqish freymvorki hisoblanadi.
Xamarin kompaniyasi Amerikada 2011-yilda tashkil etilgan. Uning ishlab 
chiquvchilari dastlab Microsoft Windows bilan ishlash uchun mo‘ljallangan .NET 
Frameworkni boshqa mobil platformalar uchun moslashtirdilar. 
Xamarin .NET bilan zamonaviy, samarali IOS, Android va Windows ilovalarini yaratish uchun 
ochiq manbali platformadir. Xamarin umumiy kod va asosiy platforma kodlari o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqalarni boshqaruvchi abstraksiya darajasini taqdim etadi. Xamarin xotira ajratish va 
kesh fayllarni yig‘ish kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi boshqariladigan muhitda ishlaydi.
Xamarin bilan o‘rtacha 90 % dastur kodi turli platformalarda o‘zgarmasdan ishlatilishi 
mumkin. Ushbu ustuvorlik yordamida dasturchi barcha dastur kodini bitta tilda yozishi 
(yoki mavjud dastur kodidan foydalanishi) mumkin. Shu bilan birga u mazkur kod orqali turli 
platformaga xos ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xamarin orqali ilovalarni shaxsiy kompyuterlarda yoki Mac-kompyuterlarida yozilishi va mos 
platforma paketlariga kompilatsiya qilinishi kerak, masalan, .apk Android uchun yoki .ipa IOS 
uchun.
Xamarinda ham dasturlash Android Studioda dasturlash kabi ikki muhitda amalga oshiriladi:
1) ilova interfeysini yaratish (XAML tili yordamida);
2) ilova funksiyalarini yaratish (C# dasturlash tilida).

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin