Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Tahdid 

 
mavjud xafv natijasida yuz berishi mumkin bо‘lgan hujum turi. U, asosan, 
tizim kamchiliklarini о‘rganish natijasida kelib chiqadi.
Hujum 

 
buzg‘unchining qandaydir maqsad yo‘lida mavjud himoyalash tizimlarini 
buzishga qaratilgan harakati. Bunda kutilgan tahdid amalga oshiriladi.
 
Xavfsizlik 

 
xavfdan holi, turli hujum va baxtsiz hodisalar tufayli buzilishdan 
himoyalangan holat.
Bugungi kunda insonlar barcha xatti-harakatlari kompyuter texnologiyalari bilan 
chambarchas bog‘liqligi sababli ham biz har doim axborot xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya 
qilishimiz zarur. Eng muhim vazifalardan biri – bu davlat, harbiy, huquqiy va tibbiy sohalarga 
oid sirlarni, inson shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, ulardagi ma’lumotlarni, turli saytlarda 
ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qo‘lga kiritilgan login va parollarni himoya qilishdir. 
Siz 
xavf, tahdid, hujum, xavfsizlik
kabi tushunchalarni eshitgandirsiz, lekin ularning 
axborotga nisbatan asl mohiyatini anglamagan bo‘lishingiz mumkin. 


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
257
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-
sonli “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 
Qonunida axborot xavfsizligi 
axborot borasidagi xavfsizlik
deb 
belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatishi ta’kidlangan.
Bunday nojo‘ya ta’sirlar axborot sohasidagi munosabatlarga, 
jumladan, axborot egalari, uning foydalanuvchilari hamda 
axborotni muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi 
mumkin.
• axborotni o‘g‘irlash;
• axborot mazmunini buzish;
• axborotni egasi iznisiz o‘zgartirib olish;
• tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish;
• 
tarmoqqa tajovuz qilish;
• avval qo‘lga kiritilgan uzatmalarni qayta uza-
tish;
• axborotga daxldorlikdan bo‘yin tovlash;
• 
jo‘natmalarni ruxsat etilmagan yo‘l orqali 
jo‘natish;
• xotiraning viruslanishi kabilarni kiritish mum-
kin.
Bugungi kunda axborot xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlar kelajakda sodir bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan xavflardan keladigan zararni kamaytirishga yo‘naltirilgan. 
Xavflarni boshqarish 3 bosqichdan iborat:
1) ehtimoli mavjud xavflarni aniqlash;
2) xavfni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tanlash va qo‘llash;
3) ikkala bosqichni tekshirish maqsadida tajribada xavfni amalga oshirish va xavf zararini 
baholash. 
Bundan bir necha yil avval xavf faqat maxfiy (konfidensial) xabar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki 
nusxa olishdangina iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy xavf esa kompyuter ma’lumotlari 
to‘plami, elektron ma’lumotlar, elektron resurslardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan 
foydalanishni tashkil etmoqda. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga 
intilish ham rivojlanib bormoqda.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin