Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


Antivirus dasturlarining turlari



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Antivirus dasturlarining turlari
Detektorlar
aniq virusning xarakterli holatini qidiradi, operativ xotira yoki fayldagi kerakli 
ma’lumotni aniqlaydi. Kamchiligi: ular о‘zlariga ma’lum virusnigina aniqlaydi, yangi viruslarni 
esa aniqlay olmaydi (Aidstest, Doctor Web, MicroSoft AntiVirus).
Doktorlar 
(faglar)
 
detektorlarga xos ishni bajargan holda zararlangan fayldan viruslarni 
1-bosqichda
viruslarning kompyuterga kirishi oldini olish; 
virusli hujumlarning oldini olish; 
virusli hujumlar ta’sirini kamaytirish. 
2-bosqichda
3-bosqichda


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
271
chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi. Doktor dasturlar kо‘p miqdordagi 
viruslarni aniqlash va yо‘q qilish imkoniyatiga ega (AVP, AidsTest, Scan, Kaspersky Antivirus, 
Norton Antivirus, Doctor Web, Panda).
Revizorlar
– eng ishonchli himoyalovchi vosita. Dastlab dastur va diskning tizimli sohasi 
haqidagi ma’lumotlarni xotiraga oladi, so‘ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos 
kelmagan holatlar haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi (ADinf, Kaspersky Monitor)
.
Vaksinalar 
dasturlar ishlashini davom ettirib, ularni viruslar yuqtirgandek qilib 
o‘zgartiradi. Natijada, viruslar bu dasturni zararlangan, deb hisoblaydi va bunday fayllarga 
“yopishmaydi”. Faqat ma’lum viruslarga nisbatangina vaksina qilinishi uning kamchiligi 
hisoblanganligi sababli bunday antivirus dasturlar keng tarqalmagan (Anti Trojan Elite, 
Trojan Remover, Dr.Web CureIt, Web WinWord).
Filtrlar
kompyuter tezkor xotirasida qo‘riqlovchi dasturlar ko‘rinishida (rezident kabi) 
joylashadi, viruslar tomonidan zararni ko‘paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion 
tizimga qilinayotgan murojaatlarni ushlab qoladi hamda bu haqida foydalanuvchiga 
ma’lum qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni bajarish yoki bajarmaslikka ko‘rsatma beradi. 
Filtr-dasturlar foydali bo‘lib, u virus kо‘payib ulgurmasidan oldin aniqlab beradi. Ular disk 
va fayllarni tozalay olmaganligi sababli, viruslarni yо‘q qilish uchun boshqa dasturlar kerak 
bо‘ladi (Flushot Plus, Antirus, Outpost Security Suite, Agnitum Outpost Firewall)
.
Yangi viruslarning to‘xtovsiz paydo bo‘lib turishini hisobga olib, antivirus bazalarini 
doimiy ravishda yangilab turish hamda kompyuter (protsessor, operativ xotira, operatsion 
tizim)ga mos antivirus dasturlarining oxirgi versiyalaridan foydalanish talab qilinadi
.
Kompyuterda viruslarni qidirish ma’lumot tashuvchilarni skanerlash (ingl.
 scan
) orqali 
amalga oshiriladi. Skanerlash vaqtida operativ xotira va saqlash vositalarining virus bilan 
zararlangan yoki zararlanmaganligi tekshiriladi. Skanerlash natijasida aniqlangan viruslar 
o‘chiriladi yoki bartaraf etiladi. O‘zgartirilgan (zararlangan) fayllar imkon qadar asl holatiga 
qaytariladi. 
Quyidagilar hozirgi kunda eng keng tarqalgan antivirus dasturlari hisoblanadi: 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin