Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


— turli texnik qurilmalar (telefon, kompyuter va h. k.) va kompyuter tarmoqlaridan



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

— turli texnik qurilmalar (telefon, kompyuter va h. k.) va kompyuter tarmoqlaridan 
foydalanish ko‘nikmalari;
— axborot texnologiyalari (masalan, ofis dasturlari, grafik muharrir va h. k.)ni o‘zlashtira 
olish qobiliyatlari;
— davriy nashr yoki elektron axborot vositalari yordamida ma’lumot olish qobiliyati 
(masalan, biror gazeta yoki jurnal veb-saytini ochish va tanishish);
— axborotni qayta ishlash yoki unga ishlov berishning turli usullarini bilish;
— turli ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlay olish.
— ma’lumotlarni tushunarli shaklda taqdim etish, undan samarali foydalanish;


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
297
Raqamli texnologiyalarning afzallik jihatlariga zid ravishda, ulardan noto‘g‘ri va bemaqsad 
foydalanish nafaqat o‘zimiz, balki butun jamiyat uchun tuzatib bo‘lmas salbiy oqibatlarni 
keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli ham bugungi kunda har bir foydalanuvchi raqamli 
savodxonlikka ega bo‘lishi zarur. 
Raqamli savodxonlik
deganda, ijtimoiy javobgarlik chegarasidan chiqmagan holda, raqamli 
texnologiya va Internet resurslaridan xavfsiz, samarali foydalanish uchun zarur bilim, 
ko‘nikma va malakalar to‘plami tushuniladi.
Raqamli savodxonlik quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:

 axborot savodxonligi
:
 
ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, zarur ma’lumotlarni topish 
va qiyoslash, ularga to‘g‘ri baho berish va kerakli ma’lumotdan samarali foydalanish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

 kompyuter savodxonligi
:
 
kompyuter qurilmalari, ular funksional vazifalarini bilish va unda 
ishlash; kompyuter, uning tashqi qurilmalari hamda dasturlardan samarali foydalanish, papka 
va fayllarni mustaqil boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

 media savodxonlik
:
 
mediakontent mazmuni, uning manbalari va multimedia hujjatlarini 
shakllantirish tillarini bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan 
foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, 
mediamatnlarni tanqidiy qabul qilish;

 kommunikativ savodxonlik
: raqamli aloqa vositalari, ular orqali muloqot qilish madaniyati, 
o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, kommunikatsiya vositalaridan foydalana olish, raqamli 
muhitda aloqa etikasi va me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

 texnologik innovatsiya
:
 
zamonaviy texnologiyalar rivojlanish tendensiyalari hamda 
texnologik innovatsiyalar afzalliklarini bilish, turli gadjet va ilovalar bilan ishlash ko‘nikmalariga 
ega bo‘lish.
Raqamli texnologiyalar hamkorlikda faoliyat yuritish uchun juda keng imkoniyatlarni taqdim 
etish bilan birga, ma’lum ma’noda foydalanuvchilar va jamiyat uchun turli xil xavfli vaziyatlarni 
yuzaga keltirishi ham mumkin. Deylik, Twitter, Facebook yoki TikTok kabi tarmoqlarda 
sinfdoshingiz, do‘stingiz yoki tanishingiz to‘g‘risida qoldirilgan xabar yoki videoqator uchun 
boshqa foydalanuvchilar o‘zlarining ijobiy yoki salbiy fikr va munosabatlarini bayon etdi. 
Mazkur xizmat imkoniyatlari shu xabar yozilgan xeshtegni uzoq yillar davomida saqlab 
turishi, yillar o‘tsa-da, qidirish imkoniyati ishga tushirilganda, bir necha yillar ilgari qoldirilgan 
o‘sha ma’lumotni, u kim tomonidan nashr etilganini kо‘rish mumkin. Bu, о‘z navbatida, 
“qahramoningiz” keyingi hayotiga salbiy ta’siri etishi mumkin. 
Shunday ekan, hamma Internet va raqamli dunyoda o‘zini qanday tutish, boshqalar bilan 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin