Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-dars. PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

14-dars. PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT 
TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
TAYANCH TUSHUNCHALAR


14-DARS
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
95
Sun’iy intellektning xususiyatlari bilan tanishish orqali uning keng 
imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ldingiz. Bu imkoniyatlarni 
amalga oshirish uchun Python dasturlash tili ko‘plab qo‘shimcha 
kutubxonalarni taqdim etgan. Pythonda sun’iy intellektni qo‘llab-
quvvatlovchi kutubxonalarga NumPy, SciPy, Matplotlib, NLTK, 
SimpleAI, Neurolab, PyBrain, OpenSV, PyTorch, spaCy, Keras va 
boshqalarni misol keltirishimiz mumkin.
Kutubxonalar va ularning imkoniyatlari
NumPy
massivlar bilan ishlovchi Python kutubxonasi hisoblanadi. U 
Pythoning odatiy massivlar bilan ishlash funksiyasidan bir necha o‘n 
barobar tez ishlashi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, NumPy murakkab 
matematik funksiyalar va raqamli ma’lumotlarning ikkilik kodlari bilan ishlash 
imkoniyatiga ham ega. Bu esa sun’iy intellektning ish samaradorligini 
oshirishga xizmat qiladi. 
 SciPy
ilmiy va texnik hisoblashlar uchun ishlatiladigan ochiq manbali Python 
kutubxonasi hisoblanadi. SciPy kutubxona murakkab matematik funksiyalar 
(matematik optimallashtirish, chiziqli algebra, integratsiya, interpolyatsiya), 
raqamli (rasmli yoki sonli) ma’lumotlar hamda fan va muhandislikda keng 
tarqalgan boshqa vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Matplotlib
matematik sonli ma’lumotlarning 2D va 3D o‘lchamdagi tasvirlarini 
hosil qilish imkonini beruvchi Python kutubxonasi hisoblanadi. Matplotlib 
ko‘proq diagramma, gistagramma va chiziqli jadvallar ko‘rinishidagi grafik 
ma’lumotlarni yaratishda qo‘llaniladi.
NLTK
(Natural Language Toolkit) Pythondagi mashhur kutubxonalardan biri 
bo‘lib, u tabiiy tilni qayta ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Yaratilayotgan 
dasturning inson tilini tushuna olish xususiyati shu kutubxona yordamida 
amalga oshirilishi mumkin.
Neurolab 
sodda va kuchli neyron tarmoqlar yaratish va ularni tahrirlash 
imkoniyatiga ega Python kutubxonasi sanaladi. Kutubxona murakkab 
neyron tarmoq dasturlari (poyezd algoritmlari, moslashuvchan tarmoq 
konfiguratsiyalari, o‘rganish algoritmlari)ni yaratishda boshqa Python 
kutubxonalari bilan o‘zaro aloqaga ega. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin