Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


–60-darslar. MA’LUMOTLARNI SHIFRLASH



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

59–60-darslar. MA’LUMOTLARNI SHIFRLASH. 
SHIFRLASH USULLARI
Matn
– alifbo belgilarining tartiblangan 
ketma-ketligi.
Shifrlash
– ochiq (dastlabki) matnni kalit 
yordamida shifrlangan matn holatiga 
o‘tkazish.
Deshifrlash
– shifrlashga teskari jarayon. 
Bunda kalit yordamida shifrlangan matn 
dastlabki matn holatiga o‘tkaziladi.
Shifr 
(kalit) – dastlabki matnni shifrlash va 
deshifrlash uchun zarur ma’lumot.
Axborotni shifrlash
– ochiq axborot 
(dastlabki matn)ni shifrlangan axborotga 
о‘zgartirish va aksincha, shifrlangan axborotni 
dastlabki matn ko‘rinishiga qaytarish jarayoni.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
1. Shifrlash nima va u nima uchun kerak?
2. Ma’lumotlar qanday shifrlanadi?


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
287
Simmetrik shifrlash usullari foydalanilgan almashtirish turiga kо‘ra, 
quyidagi usullarga ajraladi
Bu usulda maxfiy kalit bilan biror 
algoritm asosida ochiq matn 
belgilarining tartibi о‘zgartiriladi.
Bu (siljitish) usulda ochiq matn belgilari 
boshqa alfavit belgilariga almashtiriladi.
o‘rin almashtirish
o‘rniga qо‘yish
О‘rin almashtirish usuli
Shifrlashning
 
o‘rin almashtirish usuli
 
oddiy shifrlash hisoblanib, bunda berilgan matnda 
ishtirok etgan belgilar o‘rni maxsus qoida asosida almashtiriladi. O‘rin almashtirishga 
misol tariqasida, dastlabki axborot blokini jadvalga ustun bo‘yicha yozishni, o‘qishni esa 
satr (qator) bo‘yicha amalga oshirishni ko‘rsatish mumkin. Jadval qatorlarini to‘ldirish va 
shifrlangan axborotni ustun bo‘yicha o‘qish ketma-ketligi kalit yordamida berilishi mumkin. 
Bunda jadvalning ustun va qatorlari kalit (K) sifatida xizmat qiladi.
O‘rin almashtirish usuli yordamida shifrlash ketma-keligi:
1) matn(T
0
)dagi simvollar soniga qarab, N×M o‘lchamli jadval tuziladi. Bu yerda jadval 
o‘lchamlari
 
kalit sifatida xizmat qiladi;
2) dastlabki, ya’ni ochiq matn (T
0
) ustun bо‘yicha yozib chiqiladi; 
3) keyin jadvaldagi ma’lumot qator bо‘ylab yoziladi. Shifrlangan matn (T
1
) ustun bо‘ylab 
о‘qiladi;
4) shifrlangan matn bloklarga ajratiladi, ya’ni satrlar soni qancha bo‘lsa, belgilar shun
-
chadan ajratib yoziladi. 
Endi o‘rniga qо‘yish usuliga doir misolni ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin