Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I I BOB.  PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I I BOB. 
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
96
PyBrain
sun’iy intellektning mashinani o‘qitish tarmog‘ini 
rivojlantiruvchi Python kutubxonasi hisoblanadi. PyBrain 
algoritmlarni sinashi yoki bir nechta algoritmni bir-biriga qiyoslash 
orqali muqobil variantni tanlashi mumkin. Shuningdek, u algoritmlarni o‘z imkoniyati 
darajasida optimallashtirish qobiliyatiga ham ega.
Scikit-learn
ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashning samarali vositasi hisoblanadi. 
MDP (Modular Data Processing) Toolkit 
Python yordamida 
ma’lumotlarni chuqur qayta ishlash imkoniyatini taqdim etadi. 
Shuningdek, u nazoratli va nazoratsiz o‘qitish algoritmlari to‘plamiga 
ega ma’lumotlarni qayta ishlashning murakkab va ko‘pqirrali 
usullaridan foydalanadi. Kutubxona o‘z algoritmlar bazasini jadallik bilan rivojlantirib 
bormoqda. Natijada, yaqin yillarda sun’iy intellektga nisbatan qo‘llanilish ko‘lami yanada 
kengayishi kutilmoqda.
O‘tkazilayotgan xalqaro Python dasturchilari forumlari hamda yaratilayotgan yangi o‘quv 
qo‘llanmalari orqali keng qamrovli qo‘llab-quvvatlash Python dasturlash tilini yanada 
rivojlantirmoqda. Bu esa Pythonning sun’iy intellekt texnologiyalaridagi o‘rnini yanada 
mustahkamlamoqda. 
Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularning har 
birida ko‘plab dastur kodlari yoziladi va ular ma’lum bir sinovlardan o‘tadi. Jarayonda ishtirok 
etgan qisqa va samarali dastur kodi loyihaning sinov ishlari uchun kamroq vaqt talab qiladi. 
Sun’iy intellekt loyihalariga bunday imkoniyatni Python dasturlash tili yuqorida tilga olingan 
o‘zining qo‘shimcha kutubxonalari yordamida taqdim etmoqda.
1. Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz?
2. Sun’iy intellektda nima uchun Python dasturlash tili qo‘llanilmoqda?
3. Pythonning boshqa dasturlash tillaridan qanday ustunlik tomonlari bor?
4. Nima uchun Python qo‘shimcha kutubxonalardan foydalanadi?
5. Sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishda Pythonning qanday kutubxonalaridan 
foydalanish mumkin? Nima sababdan?
6. Mavzuda berilgan Python kutubxonalarining bir-biridan farqli tomonlarini ayting.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin