Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

UYGA VAZIFA
14
15
16
18
17


I I BOB. 
 PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
100
Python dasturlash tilida inson nutqini tanish va tushunish texnologiyasini yaratish boshqa 
dasturlash tillariga nisbatan oson va samarali kechadi. Bunga asosiy sabab – dasturlash 
tilida kodlarining soddaligi hamda ko‘plab qo‘shimcha kutubxonalarning mavjudligidir. Tabiiy 
tilni qayta ishlash (Natural language processing – inson nutqini tanish, tushunish, tahlil qilish 
va javob berish) sun’iy intellektning bir qismi sifatida mashinalar va insonlar o‘rtasida ovozli 
yoki yozma muloqotni amalga oshirmoqda. 
Sun’iy intellektning hisoblash lingvistikasi va kompyuter fanlari imkoniyatlarini birlashtirish 
natijasida mashina tabiiy tilni tushuna boshladi. Bu degani, foydalanuvchi o‘z kompyuterini 
og‘zaki muloqot orqali boshqarishi natijasida ish samaradorligini bir necha barobar oshirish 
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ma‘lumki, so‘zlashuv insonlar o‘rtasida asosiy muloqot manbayi 
hisoblanadi. Tabiiy tilni qayta ishlash (TTQI) orqali so‘zlashuv jarayonini inson va mashina 
o‘rtasidagi asosiy muloqot manbayiga aylantirish, kelgusida bu orqali sun’iy intellekt 
texnologiyalarining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish mumkin.
Tokenizatsiya
– matn ko‘rinishidagi ma’lumotni qismlarga ajratib, ma’lum bir belgilar 
ko‘rinishida ifodalash. 
Nutqni qismlarga bo‘lish va belgilash
– ovozli ma’lumotni qo‘llanilayotgan algoritm 
asosida qayta ishlash va tahlil qilish uchun ma’lum bir qismlariga ajratish jarayoni.
Nutqni tanib olish 
– foydalanuvchi ovozini tahlil qilish orqali uning shaxsini aniqlash 
jarayoni.
Foydalanuvchi his-tuyg‘ularini tahlil qilish
– dasturning foydalanuvchi his-tuyg‘ularini 
aniqlash orqali uning ovozli ma’lumotlariga ma’lum bir ma’no berish jarayoni. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin