14-DARS
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
97
AMALIY FAOLIYAT
Pythonga sun’iy intellekt loyihalarida foydalanish mumkin bo‘lgan NLTK kutubxonasini
o‘rnatish
Python dasturlash tilining ko‘plab qo‘shimcha
kutubxonalari
mavjud.
Kutubxonadan foydalanish uchun,
eng avvalo, uni
dasturlash tili, ya’ni Pythonga o‘rnatish lozim.
Kutubxonani
Pythonga o‘rnatish qadam-baqadam amalga oshiriladi.
1-qadam.
Boshlash (“Пуск”)
(1)
menyusidan
Python dasturi
turgan
qator topiladi
(2).
2-qadam.
Kursor topilgan buyruqlar qatoridagi “IDLE (Pyhton 3.9
64-bit)” ustiga olib kelinadi va sichqonchaning
chap tugmachasi
bir marta bosiladi
(3).
Eslatma:
#1. Python 3.9.1 dastur versiyasini kompyuterga o‘rnatish
jarayonida xususiyatlar
tanlovi (Optional Features) oynasidan pip (qo‘shimcha kutubxonalar o‘rnatish tizimi)ni
ifodalovchi checkboxga tasdiq tugmachasi o‘rnatilishi kerak.
#2. Pyhtonga qo‘shimcha kutubxonalarni o‘rnatish uchun Internet bo‘lishi lozim.
Chunki
Pyhton har bir kutubxonani Internetdagi ma’lum bir saytlardan yuklab oladi.
3-qadam.
Hosil bo‘lgan kontekst menyudan “Дополнительно”
(4)
buyrug‘i, keyin paydo
bo‘lgan kontekst menyudan esa “Перейти к расположению файла”
(5)
buyrug‘i tanlanadi.
U orqali dastur havolalari joylashgan asosiy katalogga o‘tiladi.
5
4
2
3
1