85
27-DARS.
SCRATCH DASTURLASH MUHITI
85
27-dars. SCRATCH DASTURLASH MUHITI
Aziz o‘quvchi! Endi Siz bilan Scratch dasturlash muhitini
o‘rganishni boshlaymiz.
Samimiyat bilan ta’kidlashimiz mumkinki, mazkur dasturlash muhiti
yordamida Siz o‘z animatsion va interfaol loyihalaringizni amalga
oshirish va multfilmlaringizni yaratish imkoniga ega bo‘lasiz.
Scratch dasturlash tili oddiy va tushunarli bo‘lganligi sababli,
unda nafaqat o‘quvchilar, balki bog‘cha yoshidagi bolalar ham o‘z
loyihalarini amalga oshirishlari mumkin.
Scratch (скреч, skrech) dasturi Massachusets universiteti
professori Mitchel Reznik va Alan Key boshchiligida yaratilgan bo‘lib,
hozirda ta’limga yo‘naltirilgan grafik interfeysli dasturlash muhiti
sifatida o‘rganiladi.
Scratch dasturlash muhitiga LEGO konstruktorlik dasturi asos qilib
olingan, shu boisdan ham uning davomchisi hisoblanadi.
Scratch dasturlash muhitida ham LEGO konstruktori kabi
dasturning kodi rangli bloklardan hosil qilinadi (yig‘iladi). Konstruktor
shaklidagi bunday bloklarning soddaligi dasturlashni qiziqarli o‘yin
shaklida o‘rganish imkonini beradi.
ALGORITM VA DASTUR TUSHUNCHASI
Shuni bilingki, har qanday dasturlash jarayonida ham kerakli asosiy
tushunchalarni bilish talab qilinadi. Masalan: algoritm, ko‘rsatma
(buyruq), algoritmning ijrochisi, dastur, dasturlash va hokazo.
Kompyuterda biror masalani yechish va bundan to‘g‘ri natija olish
uchun unga beriladigan buyruq va ko‘rsatmalar ketma-ketligini to‘g‘ri
belgilash lozim. Bunday jarayonga algoritmlash jarayoni deyiladi.
Demak,
Algoritm ijrochisi — inson kabi, dastgohlar(stanoklar), mashinalar,
robotlar, dronlar bo‘lishi mumkin.
«Dasturlash – o‘qish
va yozish savodxonligi
kabi yuqori darajada
bo‘lishi kerak
».
М.Reznik
ALGORITM — ijrochi tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan
buyruq va ko‘rsatmalarning izchil ketma-ketligi.
Dostları ilə paylaş: