Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020


UYGA VAZIFA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 209 Kb.
səhifə53/74
tarix03.10.2023
ölçüsü209 Kb.
#151853
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
Texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020-www.hozir.org

UYGA VAZIFA
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Soyabonning tutqichi va chegara chiziqlari hosil qilinadi, so‘ngra uskunalar oynachasidan
bo‘yoq (заливка), ranglar panelidan biror rang tanlanib, ochiq soha bo‘yaladi.
Soyabon ustki qismi hosil bo‘lgach, uning tutqichini
to‘rtburchak shakli va egri chiziqlar
yordamida chizamiz.
Oval shaklidagi rasmning ostki yarim qismidan 3 bo‘lak qirqib olamiz. Bunig uchun uskunalar
oynachasidan yana piktogrammasini tanlang Shift tugmachasini bosib turgan holatda
rasmning ostki qismidan 1/3 bo‘lagini belgilang. Shift tugmasini qo‘yib yuborgandan so‘ng
Del tugmachasini bosing. Qolgan 2 ta qismi ustida ham shu ishni bajaring.



79
24-DARS. 


QATLAMLAR BILAN ISHLASH
79
Paint.Net dasturida ham Photoshop grafik muharriridagi kabi Qatlamlar (Слои) bilan ishlash
imkoniyati mavjud. Qatlam o‘zi nima?
Qatlam bu — ishchi maydonning ustki qismiga joylashtirish mumkin bo‘lgan ko‘rinmas
(shaffof) mato. Har bir yangi qo‘yilgan qatlamda uskunalar panelidan foydalanib rasmlar
chizish yoki tayyor rasmlarni ochib, ular ustida turli amallar bajarish mumkin.
Dastur interfeysida qatlamlar bilan ishlash uchun maxsus oyna mavjud bo‘lib, uning quyi
qismida joylashgan 7 ta tugmachaning vazifalari bilan tanishib chiqamiz:
1. Yangi qatlam hosil qilish.
2. Faol qatlamni o‘chirib tashlash.
3. Qatlamdan nusxa olish.
4. Keyingi qatlam bilan birlashtirish.
5. Qatlamni yuqoriga siljitish.
6. Qatlamni quyiga siljitish.
7. Xususiyatlar.
Qatlam hosil qilish
Paint.Net dasturida yangi qatlamni hosil qilish uchun Mеню bo‘limidan Слои bandi tanlanadi
yoki bu ish Ctrl+Shift+N tugmachalari yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘pincha, qatlamlar bilan ishlash davomida ularni ko‘rinmas yoki aksincha, faol holatga
keltirish zaruriyati tug‘iladi. Bu amalni bajarish uchun dastur interfeysining chap tomonida
joylashgan qatlamlar oynachasiga murojaat etamiz. Unda hosil qilingan qatlamlar nomi
qatoridagi belgisi tanlanadi.
Fonga rang berish uchun eng quyi qatlamni belgilab olish kerak.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin