71
21-DARS.
GRAFIK MUHARRIRLARDA SODDA TASVIRLAR YARATISH
71
Paint.Net dasturini ishga tushiring. Menyu panelida Файл bo‘limini oching va Создать
(Hosil qiling) buyrug‘ini tanlang. Aynan shunday vazifani boshqacha usul bilan ham
bajarish mumkin. Hosil bo‘lgan oynachada ishchi maydon o‘lchamini kiriting. Eni =400 px,
bo‘yi=300 px. o‘lchamlar kiritiladi va ok tugmachasi tanlanadi.
Ishchi maydon bilan ishlash
Ishchi maydonning o‘lchamlarini shuningdek, Вид(ko‘rinish) bo‘limi, yoki dastur
oynasining quyi o‘ng burchagida joylashgan masshtab chizg‘ichi yordamida o‘zgartirish
mumkin.
Xuddi shunday amallarni rasm faylini ochganda, Открыть(ochish) buyrug‘ini tanlab
ham bajarish mumkin. Rasm ochilgan ish maydoni o‘lchamlarini o‘zgartirish, burish kabi
amallarni menyu panelidagi Изображение(Tasvir) bo‘limini tanlab, bajarish mumkin
Ishchi maydon o‘lchamlari
Buyruqlarni orqaga qaytarish
Paint.Net dasturida har qanday oxirgi bajarilgan amalni inkor
etish yoki qaytarish imkoniyatlari mavjud
1. Правка bo‘limida Отменить(bekor qilmoq) yoki
Вернуть(qaytarmoq) buyruqlaridan biri tanlanadi.
2. Uskunalar panelida
piktogrammalari yordamida
amalga oshiriladi.
21-dars. GRAFIK MUHARRIRLARDA SODDA
TASVIRLAR YARATISH
7272
V BOB.
GRAFIK MUHARRIRLAR BILAN ISHLASH
Paint.Net dasturida tasvirlarni yaratish juda qiziqarli jarayon hisoblanadi. Texnik
sabablarni inobatga olgan holda ularni vaqti-vaqti bilan saqlab turish zarurdir.
Windows tizimidagi barcha dasturlar kabi Paint.Net dasturida ham fayllarni saqlash
deyarli farq qilmaydi. Bu jarayonning bir necha usullari bilan tanishamiz.
Rasmlarni saqlash
1-usul
3-usul
2-usul
1-mashg‘ulot. Qalam va mo‘yqalam bilan ishlash.
Paint.Net dasturini ishga tushiramiz. Файл bo‘limini oching va Создать buyrug‘ini tanlang.
Ishchi maydon o‘lchamini 500x500 qilib belgilang va Ok tugmachasini bosing. Ranglar
panelidan ko‘k rangni tanlang, uskunalar panelidan esa
piktogrammasi tanlab, ishchi
maydonga sichqonchani olib borib, chap tugmachani 1 marta bosing. Natijada, ish sohasi
to‘liq ko‘k rangga kiradi. So‘ngra uskunalar panelidan esa qalam yoki mo‘yqalamni va ranglar
panelidan esa sariq rangni tanlab ishchi sohaga sichqonchani chap
tugmasini bosgan holda turli rasmlarni hosil qilamiz.
Mo‘yqalam tanlangach, yuqori panelda uning qo‘shimcha parametrlari
faollashadi. Mo‘yqalamning eni va qalinligi tanlanadi.
Chinor bargi. Uskunalar panelidan mo‘yqalam uskunasini tanlang. Uning
qalinligini 15, rangini – och ko‘k rang tanlang va ishchi sohada chinor
bargini hosil qiling.